6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


 Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

1.1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar. 
Ethernet texnologiyasi. Birinchi Ethernet texnologiyasi tarmog’i 0,5 dyuymli 
diametrdan iborat koaksial kabel asosida qurilgan. Keyinchalik Ethernet standarti 
uchun fizik pog’onaning boshqa turli xil ma’lumot uzatish muhitlarida 
harakatlanuvchi tasniflari ham aniqlandi. CSMA/CD foydalanish usuli va barcha vaqt 
bo’yicha olingan parametrlar Ethernet 10 Mbit/s texnologiyasining ixtiyoriy fizik 
muhitining tasnifi bir xil qoladi. 


84 
Ethernet texnologiyasining fizik tasnifi o’z ichiga quyidagi ma’lumot uzatish 
muhitlarini oladi: 
- 10Base-5 – diametri 0,5 dyuymli koaksial kabel, u «yo’g’on» koaksial deb 
ham ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal 
uzunligi 500 metr (takrorlovchisiz); 
- 10Base-2 - diametri 0,25 dyuymli koaksial kabel, u «ingichka» koaksial deb 
ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal uzunligi 
185 metr (takrorlovchisiz); 
- 10Base-T – ekranlashmagan o’ramli juft kabeli (UTP). Konsentratorlar 
asosida yulduz topologiyasini tashkil qiladi. Konsentrator va oxirgi bog’lama 
orasidagi masofa 100 metrdan ko’p bo’lmaydi;
- 10Base-F – optik tolali kabel. Topologiyasi 10Base-T standart kabi bir xil 
bo’ladi. Ushbu tasnifning bir necha varianti mavjud, bular - FOIRL (masofa 1000 
metrgacha), 10Base-FL (masofa 2000 metrgacha), 10Base-FB (masofa 2000 
metrgacha). 
Yuqoridagi rusumlashlarda 10 - bu ma’lumot uzatish tezligi – 10 Mbit/s, 
«Base» so’zi esa 10 MGs asosiy chastotada ma’lumot uzatish usuli. Fizik pog’ona 
standartidagi oxirgi belgi kabel turini bildiradi. 
Yuqorida aytib o’tilgan standartlarning har birini batafsil ko’rib chiqamiz. 
10Base-5 standarti Ethernet texnologiyasining klassik standarti hisoblanadi. 
Tarmoqning yo’g’on koaksial kabel asosida qurilgan turli xil komponentlari uchta 
qismdan iborat bo’lib, takrorlovchi yordamida ulanadi, u 6.1-rasmda keltirilgan.
Терминатор 
Трансивер 
Тармоқ 
адаптери 
DB-15 
разъеми 
Компьютер 
AUI кабели 
Такрорловчилар 
Юкламаси йўқ сегмент 
RG8 ёки RG11 кабели
6.1-rasm. 10 Base-5 standartidagi tarmoq fizik pog’onasining uch segmentli 
komponenti 


85 
Kabel barcha stansiyalar uchun monokanal sifatida foydalaniladi. 500 metr 
maksimal uzunlikdagi kabel segmenti oxirida signal so’nishi va akslanishining oldini 
oluvchi qarshiligi 50 Om bo’lgan terminatorlar («qopqoq») bo’lishi kerak. Stansiya 
kabelga qabul qilib uzatuvchi – transiver (bu kabelga o’rnatiluvchi tarmoq 
adapterining bir qismi) yordamida bog’lanishi kerak. Transiver kabelga kontaktli va 
kontaktsiz usul bilan bog’lanishi mumkin. 
Transiver tarmoq adpterining 50 metrgacha bo’lgan 4 ta o’rama juftli interfeys 
kabeli AUI (Attachment Unit Interface – ulanuvchi qurilma interfeysi) bilan 
bog’lanadi (bunda adapter AUI raz’yomga ega bo’lishi kerak). Transiver va tarmoq 
qismlarining boshqa qismlari o’rtasida standart interfeysning mavjudligi bir turdagi 
kabeldan boshqa turdagi kabelga o’tish uchun juda foydali hisoblanadi. Buning uchun 
faqat transiverni almashtirish yetarli hisoblanib, tarmoq adapterining boshqa qismi 
o’zgartirilmaydi, chunki u MAC pog’onadagi protokol asosida ishlaydi. Faqat bunda 
yangi transiver (misol uchun, o’rama juftli kabel uchun transiver) AUI standart 
interfeysi bilan mos kelishi zarur.
Bitta segmentga 100 tagacha transiver ulanishga ruxsat beriladi, bunda ulangan 
transiverlar orasidagi masofa 2,5 metrdan kichik bo’lmasligi kerak. Kabelning har 2,5 
metrida transiver ulanish nuqtasini bildiruvchi belgilar bo’ladi.
10Base-5 standarti tarmoqda takrorlovchilardan foydalanish imkoniyatini 
aniqlaydi. Takrorlovchi bitta tarmoqqa bir necha kabel segmentini ulash va 
tarmoqning umumiy uzunligini oshirish uchun xizmat qiladi. Takrorlovchi bitta kabel 
segmentidan signalni qabul qiladi va shaklini hamda impuls quvvatini kuchaytirib, 
bundan tashqari impulslarni sinxron tarzda boshqa segmentga takrorlaydi. 
Takrorlovchi ikkita (yoki undan ko’p) kabel segmentiga ulanuvchi transiverdan 
tashkil topadi, bundan tashqari uzining takt generatori bilan takrorlovchi blokdan 
iborat bo’ladi.
Ushbu standart tarmoqda 4 tagacha takrorlovchi va mos ravishda 5 tagacha 
kabel segmentidan foydalanishga ruxsat etadi. Kabel segmentining 500 m. maksimal 
uzunligi bu 10Base-5 tarmog’ini 2500 m. maksimal uzunligini beradi. Bu esa 
Ethernet tarmog’ining maksimal diametri standartlari cheklovlari bilan aniq mos 
tushadi.
6.1-rasmda uchta segmentdan iborat ikkita takrorlovchi bilan bog’langan 
Ethernet tarmog’iga misol keltirilgan. Chetki segmentlarning yuklamasi ko’p bo’lib, 
o’rtadagisining yuklamasi kam. Ethernet 10 Base-5 tarmog’ida takrorlovchilarni 
to’g’ri tadbiq qilish 5-4-3 qoida deb nomlanib, 5 ta segment, 4 ta takrorlovchi, 3 ta 
yuklamali segmentdan iborat bo’ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling