6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

3. Tarmoq topologiyalari. 
Birinchi lokal tarmoqni qurishda bir binoda joylashgan o’nlab kompyuterlarni 
hisoblash tarmog’iga birlashtirish uchun oddiy va arzon yechim qidirilgan. Bitta 
tashkilotda ularning soni katta bo’lmaganligi tufayli, o’nlab kompyuterlar amalda 
ixtiyoriy lokal tarmoqni qurish uchun yetarli hisoblanadi. Lokal tarmoqlarning global 
tarmoqlarga birlashtirish masalasi muhim bo’lmagan, shu tufayli lokal tarmoq 
texnologiyalarda bu hisobga olinmagan. Asosan umumiy ma’lumot uzatish muhiti 
tarmog’ida barcha kompyuterlardan birgalikda foydalanish qoidasi o’rnatilgan 
apparat va dasturiy yechimlardan foydalanilgan.
Birinchi yaratilgan loyihada ajratilgan muhit koaksial kabelda qurilgan (6.8-
rasm), bu holda ma’lumotlarni uzatganda tarmoqning barcha kompyuterlari ushbu 
xabarni olgan. Fizik aloqaning oddiy topologiyalari kabelli muhitni ajratishning 
soddaligini ta’minlaydi. Ethernet texnologiyasida bu topologiyalar yulduz va shina
Token Ring va FDDI texnologiyalarida esa halqa topologiyasidir. 
Bunday tarmoqlarning fizik topologiyasi – bu halqa bo’lib, bunda har bir 
bog’lama qo’shni ikkita bog’lamalar bilan kabel orqali bog’lanadi (6.9-rasm). Birgina 
Ажратиладиган 
муҳит 
6.8-расм. Шина топологиясида ажратиладиган муҳитларга мисол 


105 
kabelning ushbu qirqimi ham ajraluvchi hisoblanadi, bunday holda har bir vaqt 
momentida faqat bitta kompyuter o’zining paketlarini uzatish uchun halqadan 
foydalanishi mumkin.
Ajratiladigan muhitlardan foydalanish tarmoq bog’lamalar ishining mantiqini 
soddalashtirish imkonini beradi. Haqiqatdan har bir vaqt momentida faqat bitta 
uzatish amalga oshiriladi, bu esa tranzit bog’lamalarda kadrlarni buferga olish 
zaruriyatini chetda qoldiradi. Yana mos ravishda tranzit bog’lamalarda murakkab 
jarayonda oqimni boshqarish va ortiqcha yuklashni ham tushirib qoldiradi. 
Ajratiladigan 
muhitlarning 
asosiy 
kamchiligi 
– 
bu 
yomon 
masshtablanuvchanligidadir. Bu kamchilik prinsipial bo’lib, muhitga kirish usulidan 
mustaqil tarzda uning o’tkazuvchanlik xususiyati tarmoqning barcha elementlari 
o’rtasida bo’linadi. Umumiy muhitdan foydalanish koeffisiyenti belgilangan 
chegaradan oshishi bilan muhitga navbat chiziqli ravishda ortadi va tarmoq amalda 
ishlay olmaydigan holatga kelib qoladi.
Lokal tarmoq texnologiyalari qoidaga asosan OSI modelining pastki ikkita - 
fizik va kanal pog’onalarning ishini amalga oshiradi (6.10-rasm). Funksional jihatdan 
bu pog’onalar lokal hisoblash tarmoqlarining standart topologiyalar, ya’ni yulduz, 
umumiy shina, halqa va daraxtsimon topologiyalar imkoniyati doirasida kadrlarni 
yetkazish uchun yetarli hisoblanadi.
Ажратиладиган 
муҳит 
6.9-расм. Ҳалқа топологиясида ажратиладиган муҳитларга 
мисол


106 
Lokal tarmoqqa bog’langan kompyuterlar kanal pog’onasidan yuqorida 
joylashgan protokol pog’onalarini qo’llamaydi deb bo’lmaydi. Bu protokollar lokal 
tarmoq bog’lamalarida o’rnatiladi va ishlaydi, faqat ular bajarayotgan vazifalar LHT 
texnologiyalariga kirmaydi. Tarmoq va transport protokollari lokal tarmoq 
bog’lamalariga boshqa lokal tarmoqlarda ulangan kompyuterlar bilan o’zaro aloqa 
qilish uchun kerak bo’lib, aloqa yo’li sifatida global tarmoqdan foydalanish mumkin. 
Agarda yagona lokal tarmoq doirasida kompyuterlarning o’zaro aloqasini ta’minlash 
kerak bo’lsa, u holda amaliy protokollar kanal pog’ona ustida ishlashi mumkin. 
Bunday cheklangan o’zaro aloqa foydalanuvchilarni qanoatlantirmaydi, shuning 
uchun ham lokal tarmoqning har bir kompyuteri to’liq protokollar stekini qo’llaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling