6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


kirish. Detirminallashgan kirish algoritmlari ikkita mexanizmdan foydalanadi, bular  – tokenni uzatish va so’rov. Tokenni uzatish usuli


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

kirish. Detirminallashgan kirish algoritmlari ikkita mexanizmdan foydalanadi, bular 
– tokenni uzatish va so’rov.
Tokenni uzatish usuli odatda tizim orqali amalga oshiriladi. Tokenni qabul 
qilgan har bir kompyuter belgilangan vaqt oralig’i – tokenni ushlab turish vaqti 
davomida ajratilgan muhitdan foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Bu vaqt oralig’ida 
kompyuter o’zining kadrlarini jo’natadi. Belgilangan vaqt tugaganidan so’ng 
kompyuter tokenni boshqa kompyuterga uzatib berishga majbur. Shunday qilib
agarda kompyuterlar soni aniq bo’lsa, u holda foydalanishni kutish vaqti tokenni 
ushlab turish vaqtiga teng bo’ladi. Agarda tokenni qabul qilgan kompyuterning 
jo’natadigan paketlari yo’q bo’lsa, belgilangan vaqtning o’tishini kutmasdan tokenni 
keyingi kompyuterga beradi, bunday holat esa kutish vaqtini qiskarishiga olib keladi. 
Tokenni kompyuterdan kompyuterga uzatish ketma-ketligi turli xil usul bilan 
aniqlanishi mumkin. Token Ring va FDDI tarmoqlarida topologiya tuzilishidan 
aniqlanadi. Halqa topologiyasida kompyuter tokenni o’zidan bitta oldingi 
qo’shnisidan oladi, jo’natishda esa keyingisiga uzatadi. Tokenni uzatish aloritmini 
faqat halqada emas, balki boshqa topologiyalarda ham amalga oshirish mumkin. 
Kompyuterlarni fizik ulash uchun umumiy koaksial kabeldan foydalanganda token 


108 
kompyuter kabelga qayerdan ulanganganligiga bog’liq bo’lmagan holda oldindan 
belgilangan ketma-ketlikda kompyuterga uzatiladi.
Ajratilgan muhitga kirishning boshqa usuli bu markazlashgan so’rov usuli
Tarmoqda ajratilgan bog’lama mavjud bo’lib, u bog’lamalar o’rtasida taqsimlangan 
muhit uchun harakatida hakam vazifasini bajaradi. Hakam tarmoqdagi 
bog’lamalardan uzluksiz ravishda uzatishga kadrlar bor yoki yo’qligi haqida so’rab 
turadi. Ma’lumotlarni uzatish bo’yicha xabarlar yig’ib olinganidan so’ng hakam 
kadrlarni uzatuvchi bog’lamaga ajratilgan muhitni egallab, kadrlarni uzatish huquqini 
beradi. Kadrlar uzatish jarayoni tugaganidan so’ng so’rov jarayoni takrorlanadi.
So’rov algoritmi ham markazlashmagan ko’rinishda bo’lishi mumkin. 
Bunday hollarda barcha bog’lamalar bir-birlariga ajratilgan muhit yordamida 
kadrlarni jo’natish bo’yicha extiyojlari haqida xabar beradi. Bundan so’ng ushbu 
axborot asosida va har bir bog’lama ma’lum bir shartlariga mos holda paketlarni 
uzatish bo’yicha boshqa bog’lamalarga bog’liq bo’lmagan holda o’zining navbatini 
aniqlaydi.
Determinallashgan ruxsat algoritmlari tasodifiy ruxsat algoritmlaridan farq 
qiladi. Determinallashgan ruxsat algoritmlari ko’p yuklamali ya’ni foydalanish 
koeffisiyenti birga yaqinlashgan tarmoqlarda unumli ishlaydi. Yuklamasi ko’p 
bo’lmagan tarmoqlarda tasodifiy ruxsat algoritmi bir muncha unumli hisoblanadi, 
bunday holda muhitdan foydalanish huquqini aniqlash jarayoniga vaqt ketkazmasdan 
kadrlarni darhol uzatish imkonini beradi. Determinallashgan kirish usulining 
avfzalligi yana shundaki ular trafikni boshqarishi mumkin. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling