6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

10Base-FL standarti FOIRL standartining bir muncha kuchaytirilgan 
ko’rinishi hisoblanadi. Bunda uzatuvchilarning quvvati oshirilgan, shuning uchun 
ham bog’lamalar va konsentratorlar orasidagi maksimal masofa 2000 metrga oshgan. 
Bog’lamalar orasidagi konsentratorlar soni 4 taligicha qoladi, tarmoqning maksimal 
uzunligi esa 2500 metrni tashkil qiladi. 
10Base-FB standarti faqat takrorlovchilarni bog’lash uchun mo’ljallangan. 
Oxirgi bog’lamalarni konsentrator portlari bilan bog’lash uchun bu standartdan 
foydalanib bo’lmaydi. Bitta segmentning maksimal uzunligi 2000 m va tarmoqning 
uzunligi esa 2740 m bo’lgan bog’lamalar o’rtasida 5 tagacha 10Base-FB 
takrorlovchilarni o’rnatish mumkin.
Ethernet texnologiyasining boshqa standartlari kabi optik tolali standart ham 
konsentratorlarni faqat daraxtsimon iyerarxik strukturada ulashga ruxsat etiladi. 
Konsentratorlar portlari orasida ixtiyoriy halqaga ruxsat etilmaydi.
Barcha Ethernet standartlari uchun cheklovlar: 


91 
- normal o’tkazuvchanlik xususiyati – 10 Mbit/s; 
- tarmoqda maksimal stansiyalar soni – 1024; 
- tarmoq bog’lamalari o’rtasidagi maksimal uzunlik – 2500m; 
- tarmoqda maksimal koaksial segmentlar soni – 5. 
6.1-jadvalda Ethernet standarti uchun fizik pog’onaning asosiy maxsus 
parametrlari keltirilgan. 
Vaqt o’tishi bilan 10 Mbit/s tarmoq tezligi kompyuter shinasidagi ma’lumot 
almashinish tezligiga nisbatan kamlik qilib (misol uchun PCI shinasi 133 Mbayt/s 
tezlikda ma’lumot uzatish imkonini beradi), bunda tarmoqda nafaqat serverlar balki 
ishchi stansiyalar ishi ham sekinlashishiga olib keldi. 10 Mbit/s standartning eng 
yaxshi sifatlarini saqlagan holda ishlov berish unumdorligini oshiruvchi yangi 
Ethernet texnologiyasini yaratish zaruriyati paydo bo’ldi. Natijada klassik 
standartlarning foydali xususiyatlarini, bundan tashqari CSMA/CD kirish usulini 
o’zida saqlagan holda 100 Mbit/s tezlikka ega bo’lgan Fast Ethernet texnologiyasi 
paydo bo’ldi. 
Fast Ethernet yutuqlari Ethernet texnologiyasining yuqori tezlikli variantiga 
qiziqishini orttirib yubordi. Uch yildan so’ng esa keyingi variant – Gigabit Ethernet 
standartlashtirildi. U CSMA/CD usulini qo’llagan holda ajratiladigan muhitlarda 
ishlay olish imkoniyatini saqlagan holda Ethernet 10 Mbit/s bilan yuqori darajali 
izchilligi bo’yicha farq qiladi.
Faqatgina Ethernet texnologiyasining oxirgi – 10G Ethernet – o’zining 
ajdodlaridan batamom farq qiladi: xususiy holda u ajratiladigan muhitlarni qo’llab 
quvvatlamaydi. 
Shuning uchun ushbu va keyingi boblarda CSMA/CD erkin foydalanish 
usuliga asoslangan Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalari ko’riladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling