6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

10Base-T 
standarti. 
10Base-T 
tarmoqlarida 
muhit 
sifatida 
ikkita 
ekranlashtirilmagan o’rama juftlardan foydalaniladi. Ko’p juftli kabellar asosidagi 3 
darajadagi o’rama juft kabellari ko’pdan buyon bino ichida telefon apparatlarini ulash 
uchun qo’llaniladi. Ushbu ommabop kabel turi lokal tarmoq uchun juda foydali 
bo’ladi, chunki ko’p binolarga kerakli kabel tizimi o’rnatilgan. Tarmoq adapterini va 
kommunikasion qurilmalarini o’rama juft kabeliga shunday ulash usulini yaratish 
kerakki, bunda tarmoq adapterida, kommunikasion qurilmalarda va tarmoq operasion 
tizim dasturiy ta’minotida koaksial kabel asosidagi Ethernet tarmog’i bilan 
solishtirganda o’zgartirish juda kam bo’lishi kerak. 
Oxirgi bog’lamalar ikki nuqtali topologiya bo’yicha o’rama juftli maxsus 
qurilma – ko’p portli takrorlovchi yordamida bog’lanadi. O’rama juftdan biri 
ma’lumotlarni oxirgi bog’lamadan takrorlovchiga (tarmoq adapterining T
x
chiqishiga) uzatish uchun, boshqasi esa takrorlovchidan stansiyaga (tarmoq 
adapterining R

kirishiga) uzatish uchun kerak bo’ladi. 6.3-rasmda uch portli 
takrorlovchiga misol keltirilgan. Takrorlovchi biror oxirgi bog’lamadan signalni 
qabul qiladi va sinxron tarzda uni barcha portlarga uzatadi. Bu ish esa uzluksiz tarzda 
amalga oshiriladi. 
Bunday holatda ko’p portli takrorlovchilar konsentrator (hub) deb ataladi. 
Konsentrator signali umumiy muhitni – mantiqiy monokanal (mantiqiy umumiy 
shina) tashkil qiluvchi portlarga ulangan barcha o’rama juft kabellarga takrorlash 
vazifasini amalga oshiradi. Konsentrator kolleziyani o’zining bir necha R
x
-kirishidan 
bir vaqtda kelgan signal orqali aniqlaydi va o’zining barcha T
x
-chiqishiga jam
ketma-ketligini jo’natadi. Ushbu standartda 3-darajadan past bo’lmagan o’rama juft 
kabellarida ma’lumotlar uzatish tezligi 10 Mbit/s va o’zaro bog’langan ikki 
bog’lamalar (stansiyalar va konsentratorlar) orasidagi masofa 100 metrdan katta 
bo’lmaydi. O’rama juft bu masofaning o’tkazuvchanlik yo’lagini aniqlaydi. 100 metr 
uzunlikda manchester kodidan foydalangan holda ma’lumotlarni 10 Mbit/s tezlikda 
uzatish imkonini beradi. 


88 
10Base-T konsentratorlar bir-birini oxirgi bog’lamalarni ulash uchun 
mo’ljallangan portlar orqali ulashi mumkin. Bunda uzatuvchi va qabul qiluvchining 
bir porti mos ravishda qabul qiluvchi va uzatuvchining mos porti bilan ulanishi kerak. 
10 Base-T standartida ixtiyoriy ikkita stansiya o’rtasidagi konsentratorlar soni aynan 
4 ta (4-xablar qoidasi) bo’ladi. Bu qoidaning batafsili 5-4-3 qoida bo’lib, u koaksial 
tarmoqlarda qo’llanilib, CSMA/CD kirishni amalga oshirishda stansiyalarni ishonchli 
sinxronlash va stansiyalar bilan kolliziyani ishonchli aniqlash uchun xizmat qiladi.
Ko’p sonli stansiyalardan iborat 10Base-T tarmoqni qurishda konsentratorlar 
bir-biri bilan daraxt ko’rinishidagi strukturani hosil qilgan holda iyerarxik usulda 
ulanadi (6.4-rasm). 
10Base-T tarmog’idagi umumiy stansiyalar soni 1024 tadan oshmasligi kerak 
va fizik pog’onaning bu turi uchun ushbu songa stansiyalar sonini yetkazsa bo’ladi. 
Buning uchun ikki pog’onali iyerarxiyani yaratish yetarli hisoblanib, paski pog’onada 
umumiy portlar soni 1024 ta bo’lgan konsentratorlarni joylashtirish orqali amalga 
oshiriladi.
Ixtiyoriy ikkita bog’lamalar orasidagi takrorlovchilar sonining 4 tadan 
oshmasligi, takrorlovchilar orasidagi kabelning maksimal uzunligi 100 metrga 
tengligini hisobga olsak 10Base-T tarmog’ining umumiy diametri 5x100 = 500 
metrni tashkil qiladi. Bu cheklov Ethernet standartining 2500 m. chekloviga nisbatan 
jiddiy hisoblanadi.
10Base-T standarti asosida qurilgan tarmoq koaksial variantda qurilgan 
Ethernet tarmog’iga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Bu afzalliklar umumiy 
fizik kabelni markaziy kommunikasion qurilmaga ulangan bir nechta kabel 
qismlariga ajratilganligi bilan bog’liq. Shunday bo’lsa ham mantiqan bu qismlar 
avvalgidek ajratilgan muhitni shakllantiradi, ularning fizik ajralishi, ularning holatini 
nazorat qilish va uzilish, qisqa tutashuv yoki tarmoq adapteri nosoz bo’lganida yakka 
Rx 
Tx 
Rx 
Rx 
Rx 
Tx 
Tx 
Tx 
Rx 
Rx 
Tx 
Tx 
10 Base-T концентратори 
3-категориядаги 
ўрама жуфт 
кабели L-100 м 
Тармоқ 
адаптери 
Охириги 
боғлама 
6.3-расм. 10 Base-T стандартидаги тармоқни ташкил этиш 


89 
tarzda o’chirish imkonini beradi. Bunday sharoit esa katta Ethernet tarmoqlaridan 
foydalanishni yengillashtiradi, chunki odatda konsentrator avtomatik tarzda tarmoq 
ma’murini yuzaga kelgan muammo haqida ogohlantirib turadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling