6-mа’ruzа. Mineralogiya. Minerallar to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Rejа
Download 55.84 Kb. Pdf ko'rish
|
6 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental
Tasnifiy (sistematik) mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning tashqi ko`rinishi,
fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, paragenetik associaciyasi va shular asosida minerallar tasnifini yaratishdan iborat. Hozirgacha 2500 dan ortiq minerallar va ularning turlari aniqlangan. Genetik mineralogiya, minerallarning paydo bo`lish jarayoni, fizik va kimyoviy sharoiti, o`zgarishi, paragenetik associaciyalarining yuzaga kelishini aniqlaydi. Genetik mineralogiya taraqqiyoti V.I.Vernadskiy nomi bilan chambarchas, bog`langan. U minerallarni Yer po`stidagi molekulalar tarixi deb hisoblagan.D.P.Grigorьev tomonidan genetik mineralogiya yangi yo`nalish sifatida rivojlantirildi. Eksperimental mineralogiyaning vazifasi sun`iy usulda laboratoriya, zavod sharoitida ayrim kimyoviy elementlarni bir-biriga qo`shish natijasida yangi minerallarni olishdan iborat. Bunda texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan minerallar va kristallar ishlab chiqarish hamda sintez qilinayotgan mineralning hosil bo`lish jarayonini tabiiy sharoitga tatbiq qilish asosiy maqsad hisoblanadi. Kosmik jismlar mineralogiyasi.Oy jinslaridan namunalar keltirilgach, bu sohaning rivojlanishiga imkoniyat tug`ildi. Oy jinslari tekshirilganda oy sirti qismlarida mineral hosil bo`lishining o`ziga xos xususiyatlari borligi haqida dastlabki ma`lumotlar olindi. Meteoritlarning mineral tarkibini o`rganish ham katta ahamiyatga ega. Mineral – bir yori bir necha kimyoviy elementlarning ma’lum bir sharoitda (tаbiiy fizikаviy-kimyoviy jаrаyonlаr) yer qobig’ida birikishiga aytiladi. Minerallar - xilma-xil jarayonlar natijasida hosil bo`lib, kimyoviy tuzilishi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo`lgan tabiiy jism; asosan tog` jinslari, ma`dan va meteoritlarning tabiiy qismi. Ba`zan suyuq minerallar ham (masalan, tug`ma simob) uchraydi. Suvning mineralga mansubligi - munozarali masala, muz esa mineral hisoblanadi. Amorf- metakolloidlar tashqi ko`rinishi kristallarga o`xshash, lekin amorf, shishasimon holatidagi minerallardir. Har bir mineral faqat o`ziga xos kristall tuzilishiga ega bo`lgan aniq tabiiy birikmadan iborat. Bir xil tarkibli (masalan, olmos-grafit, kalsit-aragonit), lekin turlicha tuzilishiga ega. Kimyoviy tarkibi yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta bo`lmagan o`zgarishlar, minerallarning ichki tuzilishida keskin farqlarga olib kelmasa, ular minerallarning turlari deyiladi (masalan, kvars turida - tog` billuri, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-biridan yuza bilan ajralib turuvchi yakka kristallar, donachalar va mineral individlarini, ularning o`simtalari mineral agregatlarini tashkil etadi. Mineral tarkibini belgilovchi formulalarda transuran va geliy, ksenon va argon kabi gazlardan tashqari, barcha kimyoviy elementlar bo`lishi mumkin, lekin ularning miqdori turlicha: bir yoki bir necha element asosiy hisoblanadi va mineralning tarkibini belgilaydi, qolganlari mineralda izomorf aralashma (masalan, seziy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy va h.k. ko`pgina nodir - kam tarqoq yer elementlari) holida uchraydi. Mineral tarkibining murakkabligi va o`zgaruvchanligi faqat izomorf hodisasi bilangina emas, balki ayrim atom va ularning guruhlaridan iborat aralashmani, shuningdek submikroskopik kiritmalarning mineral tarkibiga kirishiga ham bog`liqdir. Mineralda submikroskopik kiritmalar quyidagi hollarda hosil bo`lishi mumkin: a) eritma, qotishma va boshqalarning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolishi natijasida (masalan, kvarcdagi suyuq gaz qo`shimtalari, dala shpatdagi gematit qo`shimtalari): b) haroratning o`zgarishi bilan qattiq qorishmalarning kaliyli dala shpatlarida pertitlarning hosil bo`lishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlar parchalanishi natijasida; v) metamikt o`zgarishda; g) bir mineral o`rniga boshqasining joylashuvi va b.lar. Muayyan strukturali mineralning tarkibi, uning izomorfizmidagi qonuniy o`zgarishlari, atomlarning tuzilishi, kristalloximik xususiyati, ulardagi atomlar radiusi, koordinatson soni va kimyoviy bog`lanish turi bilan belgilanadi. Mineral konstitutsiyasi (tarkibi va tuzilishi) formulalarda ifodalanadi. Unda: a) ionning valentligi (agar turli valentlikdagi elementlar bo`lsa); b) kompleks anionlar (kvadrat qavslarda), masalan [SiO 4 , AlO 3 ]; v) elementlarning izomorf guruhlari (qavslarga olingan va bir-biridan vergul bilan ajratilgan holda; bunda ko`p uchraydigan element birinchi o`rinda yoziladi); g) qo`shimcha anionlar ON, F, Cl va boshqa anion radikallaridan so`ng joylashadi; d) kristal- logidratlardagi suv molekulalari (formula oxirida va nuqta orqali u bilan bog`lanadi); ye) seolit yoki absorbsion suv ham formula ohirida nuqta orqali yoziladi va Н 2 O tarzida belgilanadi. Minerallarning tashqi qiyofasi ularning ichki tuzilishi va paydo bo`lish sharoiti bilan belgilanadi. Ayrim mineral individlarning kattaligi 1-100 mm dan bir necha metrgacha bo`lishi mumkin. Kristall tuzilishi o`sish sharoitiga bog`liq bo`lib, turli ko`rinishidagi izometrik bargsimon va tangasimon (masalan, molibdenit, slyudalar, talk), taxtasimon, ustunsimon va ignasimon (rutil, aktinolit, turmalin) mineral kristallari vujudga keladi. Mineralning ayrim kristallarida mansub chiziqlar, belgilar, shuningdek, o`sish va erish shakllari kuzatiladi. Mineral morfologiyasi va qirralar tuzilishini batafsil o`rganib mineral individlarning paydo bo`lish tarixi yaratiladi. Mineralni tekshirish uchun undan namuna olinadi.Namuna tabiiy ochilmalardan o`yiqlar va burg`u kovaklari (kernlar) dan yig`iladi.Kompas yordamida mineralning magnitligi aniqlanadi.Karbonatli minerallar xlorid kislotasining kuchsiz eritmasini tomizish bilan oson aniqlanadi.Ba`zan biror kimyoviy elementning bor yoki yo`qligiga ishonch hosil qilish maqsadida kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi.Mineralning dala sharoitida ma`lum bir guruhga mansubligini belgilashda maxsus aniqlagichlardan foydalaniladi.Ba`zi kam tarqalgan hamda gillar guruhiga mansub minerallarni dala sharoitida aniqlash birmuncha mushkul. Mineralning kimyoviy tarkibi laboratoriya sharoitida fizik va kimyoviy tahlil yordamida aniqlanadi. Shaffof va yarim shaffof mineral qutblangan nurlar bilan ishlatiladigan (polyarizatsion) mikroskop yordamida tekshiriladi. Nur o`tkazmaydigan ma`dan minerallar esa, maxsus qaytgan nurlar bilan ishlatiladigan mikroskopda o`rganiladi.Faqat rentgen analiz yo`li bilan mineralning ichki kristall panjarasi tuzilishi to`liq aniqlash mumkin.Juda mayda dispers minerallar elektron mikroskop bilan tekshiriladi. Karbonat va tarkibida suv bo`lgan minerallar termik analiz yo`li bilan o`rganiladi. Download 55.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling