6 Ma’ruza: nafas tizimining kasalliklari


Download 94.13 Kb.
bet3/5
Sana05.04.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1276853
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Maruza

Gaymorit va frontit (Highmoritis et Frontitis) - yuqori jag’ va peshona bo’shliqlari shilliq pardasining yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladigan kasalliklar. Ular birlamchi va asosan ikkilamchi kasalliklar sifatida namoyon bo’ladi.
Sabablari. Bo’shliqlarning yallig’lanishi ko’pincha rinit, yuz suyaklari ostiomiyeliti va kariyesi, laringit va faringitlar paytida havo yo’llari orqali mikroorganizmlarning bo’shliqlarga o’tishi, mexanik ta’sirotlar, shamollash yoki gipovitaminozlar oqibatida kelib chiqadi.
Belgilari. Qo’shimcha bo’shliqlarga yiringli-zardobli yoki boshqa xususiyatli ekssudatning to’planishi va qonga so’rilishi nafas hamda qon aylanish tizimlari faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi. Kasallik asosan surunkali va bir tomonlama kechadi. Kasal hayvonning ahvoli yomonlashadi, bezovtalanib, ishtahasi pasayadi. Tana harorati biroz ko’tarilishi mumkin. Burundan bir tomonlama zardobli, zardobli-yiringli yoki ixoroz yomon hidli suyuqlikning oqishi hayvon boshini pastga tushirgan paytlarda kuchayadi. Palpasiya og’riqli bo’ladi, perkussiyada quti tovushi o’rniga bo’g’iq tovush eshitiladi.
Davolash. Qo’shimcha bo’shliqlar trepanasiya qilinadi va hosil bo’lgan teshik orqali ekssudat olib tashlanib, bo’shliqlar 0,1 foizli etakridin laktat yoki kaliy permanganat, 2-3 foizli borat kislotasi bilan yuvib turiladi. Antibiotikoterapiya, sulfanilamidoterapiya, mentolli ingalyasiya, qizdiruvchi lampalar qo’yish, UYuCh-terapiya muolajalari tavsiya etiladi.
Aerosistit (Aerosistitis) – otlarda havo xaltasi shilliq pardasining kataral yallig’lanishi hamda xalta bo’shlig’ida ekssudat to’planishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.
Kasallik havo xaltasi sohasining shikastlanishi, urilishi, yiringli limfadenit, rinit, faringit va Yevstaxiyev nayi orqali mikroblar va oziqa parchalari tushishi oqibatida paydo bo’ladi.
Belgilari. Havo xaltasi sohasi bir tomonlama shishgan va og’riq sezuvchan bo’ladi. Kasal hayvon boshini oldinga cho’zib turadi. Burundan bir tomonlama zardobli va zardobli-yiringli suyuqlik oqadi. Suyuqlikning oqishi hayvon boshini pastga tushirganda yoki palpasiya paytida ko’payadi. Yallig’lanish doimo bir tomonlama bo’ladi.
Davolash. Antibiotikoterapiya. Surunkali kechgan paytlarda bo’shliqqa igna orqali antimikrob eritmalardan 0,1 foizli etakridin laktat, 0,02 foizli furasillin yuborib turiladi.

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling