6 Ma’ruza: nafas tizimining kasalliklari


Yuqori nafas yo’llarining kasalliklari: rinit, laringit, bronxit. Rinit


Download 94.13 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1276853
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Maruza

Yuqori nafas yo’llarining kasalliklari: rinit, laringit, bronxit. Rinit (Rhinitis) - burun shilliq pardasining yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik. Kasallikning birlamchi, ikkilamchi, kataral, krupoz, follikulyar, o’tkir va surunkali turlari farqlanadi.
Sabablari. Hayvonlarni saqlash va oziqlantirish texnologik qoidalarining buzilishlari (yelvizak, yuqori namlik, nafas yo’llariga changlarning ketishi, molxona havosida ammiak yoki boshqa zararli gazlar miqdorlarining me’yoridan oshib ketishi, hayvonlarga issiq oziqalar yoki ammiak suvi bilan ishlangan silosning berilishi) kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Qo’y va otlarning chang yo’llar orqali haydalishi, patogen mikroflora, A-gipovitaminoz, molxonalardagi antisanitariya holatlari kasallikning kelib chiqishidagi ikkilamchi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Rinesteroz, diktiokaulyoz, yuqumli atrofik rinit, rinotraxeit, havfli kataral isitma, oqsil kabi yuqumli va parazitar kasalliklar ikkilamchi rinitlarga sabab bo’ladi.
Rivojlanishi va klinik belgilari. Burun shilliq pardasining ko’tarilishi va burun yo’llarida ekssudatning to’planib qolishi nafasning qiyinlashishiga, yallig’lanish mahsulotlari va mikrob toksinlarining qonga so’rilishi esa intoksikasiya, holsizlanish va tana haroratining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Kasal hayvonda aksa urish, pishqirish, burunni oxur va devorlarga ishqalash belgilari paydo bo’ladi. Nafas olish va chiqarish biroz cho’zilib, hayvon nafas olgan paytda hushtak ovozi eshitilishi mumkin. Burundan avval zardobli va keyinchalik esa zardobli-kataral suyuqlik oqadi, uning shilliq pardasida qizarish va shish belgilari paydo bo’ladi.
Surunkali kataral rinit paytida burun shilliq pardasida oqarish, atrofiya, eroziya, yara, biriktiruvchi to’qimali chandiq o’sishi belgilari kuzatiladi.
Krupoz va follikulyar rinitlar paytida hayvonning ahvoli juda og’irlashadi va unda ishtahaning pasayishi, tana haroratining ko’tarilishi, aralash tipda hansirash va limfa tugunlarining kattalashishi belgilari kuzatiladi. Burun shilliq pardalari va tumshuq terisi yemirila boshlaydi. Burun shilliq pardasini fibrinli ekssudat qoplaydi, unda qizil yoki och-sariq rangli follikulalar paydo bo’lib, keyinchalik ular eroziyaga aylanadi.
Davolash. Molxonalarda harorat va namlik rejimi ta’minlanadi. Yelvizaklar bartaraf etilib kasal hayvonlarni to’shama bilan ta’minlash choralari ko’riladi. Havodagi ammiak, vodorod sulfid kabi zararli gazlar konsentrasiyasi ruxsat etiladigan chegaragacha tushiriladi, quruq va changli oziqalarni namlangan holda berish yo’lga qo’yiladi.
Kataral rinitni davolashda burun bo’shlig’i 0,25 foizli novokain, 3 foizli borat kislotasi, 5 foizli natriy bikarbonat yoki 2 foizli mentol eritmalari bilan yuvib turiladi. Yopishqoq ekssudat doriga botirilgan tampon bilan tozalanadi. Burun shilliq pardasiga streptosid, norsulfazol, etazol, vismut nitrat sepiladi. Shilliq parda yod-gliserin (1:1) malhami bilan ishlanadi. Surunkali hollarda esa burun bo’shlig’i 1 foizli kumush nitrat yoki rux xlorid eritmalari bilan yuviladi.
Krupoz va follikulyar rinitlar paytida ta’kidlab o’tilgan mahalliy muolojalar bilan birgalikda antibiotik va sulfanilamidlar bilan davolash muolajalari ham belgilanadi.

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling