6 Ma’ruza: nafas tizimining kasalliklari


Download 94.13 Kb.
bet5/5
Sana05.04.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1276853
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Maruza

Bronxit (Bronchitis) - bronxlarning yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik. Kasallikning o’tkir, surunkali, birlamchi, ikkilamchi, kataral, yiringli, gemorragik va fibrinli turlari farqlanadi.
Katta bronxlarning yallig’lanishiga makrobronxit, kichik bronxlarning yallig’lanishiga mikrobronxit, bronxiolalarning yallig’lanishiga esa bronxiolit deb ataladi. Bulardan tashqari, endobronxit, ya’ni bronxlar devori shilliq va shilliq osti qavatlarining yallig’lanishi, peribronxitlar, ya’ni bronxlar tashqi zardob qavatining yallig’lanishi ham uchraydi.
Sabablari. Hayvonlarning sovuq va to’shamasiz pollarda saqlanishi, molxonalarda haroratning tez-tez o’zgarib turishi va juda past, namlikning esa yuqori bo’lishi, hayvonni sovuq paytlarda cho’miltirish, o’ta sovuq suv bilan sug’orish kabi omillar kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi. Kasallik ko’pincha bahor va kuz oylarida, ya’ni ob-havoning tez-tez o’zgarib turadigan paytlarida ko’p uchraydi.
Qo’ylarning qirqimdan keyin sovuqda qolishi ularning yoppasiga bronxit bilan kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Hayvonlarga changli oziqalarning berilishi, ularni changli yo’llardan haydash, nafas yo’llariga kimyoviy moddalarning tushishi yoki ammiak, vodorod sulfid kabi zaharli gazlarning ta’sir etishi, hayvonlarni tiqiz saqlash, molxona havosida mikroorganizmlar miqdorining oshib ketishi, ultrabinafsha nurlar va retinolning yetishmasligi, yurak va qon tomirlar tizimidagi yetishmovchiliklar kasallikning ikkilamchi sabablari hisoblanadi.
Bronxitlar ba’zi yuqumli va invazion kasalliklar paytida ham ularning belgilari sifatida rivojlanadi.
Rivojlanishi. Etiologik omillar ta’sirida bronxlar shilliq pardasida joylashgan interoreseptorlar qitiqlanadi. Bronxlar ishining neyrogumoral boshqarilishi izdan chiqib, undagi kapillyarlarning spastik qisqarishlari va keyinchalik esa kengayishlari ro’y beradi. Shuning uchun shilliq pardada aval quruqlashish va keyinchalik ekssudasiya kuzatiladi. Shilliq qavatda yallig’lanish jarayoni boshlanib, u yerdagi mikroflora zo’r berib ko’payadi, bronxlar epiteliysi yemirila boshlaydi.
Bronxlarda zardobli suyuqlik, epiteliy xujayralari, leykosit va eritrositlar hamda mikroorganizmlardan iborat ekssudat to’planadi. Yallig’lanish mahsulotlari va mikroorganizm toksinlarining qonga so’rilishidan intoksikasiya, mahsuldorlikning pasayishi, umumiy holsizlanish va subfebril isitma paydo bo’ladi. Bronx yo’llari torayib gazlar almashinuvi buziladi, natijada bronxopnevmoniya rivojlanishi yoki jarayon surunkali tus olishi mumkin.
Kasallik surunkali kechganda ekssudat miqdori biroz kamayadi va yopishqoq bo’ladi, bronxlar epiteliysi atrofiyaga uchraydi. Ba’zan shilliq osti va muskul qavatlarida infiltrat hosil bo’ladi, biriktiruvchi to’qima o’sadi. Keyinchalik, bronxlarda elastiklikning yo’qolishi va torayish, organizmda kislorod yetishmovchiligi vujudga keladi.
Surunkali bronxit va peribronxitlarda ayrim bronxlarning bekilishi, atelektaz, o’choqli pnevmoniya, kengayish (bronxoektaziya) yoki o’pkaning ayrim qismlarida emfizema paydo bo’lishi kuzatiladi.
Belgilari. O’tkir bronxit paytida hayvonning ahvoli unchalik o’zgarmasada, ishtaha pasayadi, tana harorati me’yorida yoki 0,5-10S ga ko’tarilib, puls biroz tezlashadi. Quruq va og’riqli yo’tal 2-5 kundan keyin ekssudativ va og’riqsiz yo’talga aylanadi.
Askultasiyada qattiq vezikulyar nafas, quruq xirillash ba’zan uzoqdan ham eshitiladi. Avval yirik pufakchali va keyinchalik kichik pufakchali xirillash kuzatiladi. Jarayonning mayda bronxlar va so’ngra o’pka to’qimasigacha yetib borishi hayvonning umumiy ahvolining birdan yomonlashishi va tana haroratining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Kasallik surunkali kechganda oriqlash, mahsuldorlik va ish qobiliyatining pasayishi, xurujli yo’tal, ko’karish, ekspirator hansirash kuzatiladi.
Auskultasiyada hushtak ovozini eslatuvchi xirillash, o’pkaning ba’zi joylarida qattiq vezikulyar va bronxial nafas eshitiladi. Bronxoektaziya, atelektaz va emfizema kuzatiladi.
Tashhisi. Anamnez ma’lumotlari va kasallik belgilari e’tiborga olinadi.
Davolash. Kasal hayvon uchun qulay saqlash sharoiti yaratiladi, quruq va changli oziqalar rasiondan chiqariladi. Kasallik o’tkir va surunkali kechganda etiotrop, patogenetik va simptomatik davolash usullarini birgalikda qo’llashga asoslangan kompleks davolash kursi belgilanadi.
Yallig’lanish mahsulotlarini suyultirish va ularning tashqariga chiqarilishini yaxshilash maqsadida balg’am ko’chiruvchi va nafas yo’llarini zararsizlantiruvchi vositalar qo’llaniladi. Shu maqsadda qoramol va otlarga oziqaga aralashirilgan holda kuniga 2-3 martadan 5-7 kun davomida 0,02-0,03 g/kg miqdorida ammoniy xlorid, 0,01-0,03 g/kg miqdorida terpingidrat, 0,1-0,2 g/kg miqdorida natiy gidrokarbonat, 0,1-0,2 g/kg miqdorida karlovar tuzi va boshqa preparatlar beriladi.
Itlar uchun balg’am ko’chiruvchi dorilar sifatida iliq sut bilan birgalikda natriy gidrokarbonat, termopsis, ipekakuna nastoykasi, pertussin kabilar tavsiya etiladi. Ichimlik sodasi qo’shilgan issiq suv bug’i bilan ingalyasiya qilinadi.
Surunkali bronxit bilan og’rigan buzoqni davolashda bronxlarni kengaytiruvchi vosita sifatida 3-5 kun davomida teri ostiga 5-8 mg/kg miqdorida eufillin, ekssudatni suyultirish uchun kekirdak orqali 1-2 mg/kg miqdorida tripsin yoki pepsin yuboriladi. Og’iz orqali 0,01-0,02 mg/kg miqdorida natriy yoki kaliy yodid preparatidan berish yaxshi natija beradi. Bulardan tashqari, nospesifik stimullovchi vositalardan poliglobulinlar, gammaglobulinlar, ko’krak qafasiga isituvchi lampalar qo’yish, skipidar surtish, UYuCh-terapiya, ko’krak qafasini issiq o’rash va antibakterial preparatlar qo’llanadi.


Nazorat savollari:
1. Rinit nima?
2. Gaymorit nima?
3. Frontit nima?
4. Aeroforit nima?
5. Laringitning sabablarini ayting?
6. Bronxit, Mikrobronxit, Makrobronxit, Bronxiolit, Peribronxit,
Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling