6 Ma’ruza: nafas tizimining kasalliklari
Download 94.13 Kb.
|
5-Maruza
Laringit (Laryngitis) - hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik. Kasallikning birlamchi, ikkilamchi, o’tkir, surunkali, kataral va krupoz (fibrinoz) turlari farqlanadi.
Sabablari. Hayvonning sovuqda qolishi va sovuq suv bilan sug’orilishi, molxona havosida zaharli gazlar konsentrasiyasining yuqori bo’lishi, changli oziqalarning namlanmasdan berilishi, dori ichirish va zondlardan foydalanish qoidalarining buzilishi. Krupoz laringit asosan patogen mikroflora va allergik holatlar oqibatida paydo bo’ladi. Rasionda A vitaminining yetishmasligi kasallikning ikkilamchi omillaridan hisoblanadi. Rivojlanishi va belgilari. Hiqildoq shilliq qavatining yallig’lanishi, qavarishi va unda ekssudat to’planishi nafas harakatlarini qiyinlashtiradi va intoksikasiyaga sabab bo’ladi. Kataral laringitda hayvonning ahvoli qoniqarli darajada bo’ladi, ishtahaning biroz pasayishi, tana haroratining me’yorida yoki subfebril xarakterda ko’tarilish belgilari kuzatiladi. Kasal hayvon bo’ynini biroz cho’zib va boshini pastga qilib turadi. Hiqildoq uqalangan paytda yo’tal reaksiyasi paydo bo’ladi. Krupoz laringitda hayvonning ahvoli og’irlashadi, ishtaha yo’qoladi, tana harorati 1-20S ga ko’tariladi. Nafas qiyinlashib, hushtak ovozini eslatadi. Palpasiyada hiqildoq sohasi og’riqli va shishgan bo’ladi. Bu paytda yo’tal bilan birga fibrinli balg’am ajraladi. Tashhisi. Kasallik belgilari e’tiborga olinadi. Laringoskopiya yordamida yallig’lanishning xarakteri aniqlanadi. Davolash. Kasal hayvon toza, iliq va yelvizaksiz joyga o’tkaziladi. Changli va o’tkir hidli oziqalar rasiondan chiqariladi. Balg’am ko’chiruvchi dorilar ichirish va ichimlik sodasi qo’shilgan issiq suv bug’i yordamida ingalyasiya qilish tavsiya etiladi. Tamoq sohasi kuniga 2-3 martadan grelka, solyuks lampasi yoki infraruj yordamida isitiladi. Skipidar yoki boshqa qizdiruvchi malhamlardan foydalaniladi. Hiqildoq shilliq pardasiga 1:1 nisbatdagi yod-gliserin malhami bilan ishlov beriladi. Krupoz laringit paytida yuqorida ta’kidlab o’tilgan mahalliy muolajalar bilan birgalikda anitibiotiklar va sulfanilamidlar bilan davolash kurs belgilanadi. Ozokeritoterapiya, diatermiya, UYuCh- terapiya, og’ir hollarda esa traxeotomiya muolajasi belgilanadi. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling