6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


Download 346.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi346.9 Kb.
#1630752
1   2   3   4   5
 
O‘lchashning asbobiy xatoligi – qo‘llanilayotgan o‘lchov vositalarining 
xatoliklariga oid bo‘lgan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi.
 
Usulning xatoligi – nomukammal usulning qo‘llanilishi natijasida hosil 
bo‘lgan xatolik. 
 
O‘lchashning sub’ektiv xatoligi kuzatuvchining o‘ziga xos xususiyatlari
uning ishdagi malakasi, qator fiziologik faktorlar va boshqalar bilan bog‘liq 
bo‘ladi.
Xuddi shunday o‘lchashlarda qo‘pol xatolik va yanglishish hollari uchraydi.
 
O‘lchashning qo‘pol xatoligi – ma’lum bir sharoitda ko‘zda tutilgan 
xatolikdan sezilarli darajada ortiq bo‘lgan o‘lchash xatoligi. O‘lchashning 
yanglishish xatoligi o‘lchash natijasini keskin buzilishi holatini keltirib chiqaradi.
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon 
bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 


– 
o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini 
siljishidan kelib chiquvchi sabablar; 
– 
o‘lchash ob’ektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi 
sabablar; 
– 
o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, 
o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; 
– 
o‘lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki 
bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va 
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar; 
– 
o‘lchash ob’ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 
– 
operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar. 
 
3. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari. 
 
 

Download 346.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling