6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi
Download 346.9 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobning o‘lchash xatoligi.
- Xususiy energiya sarfi.
- Ishonchliligi (chidamliligi)
- Nazorat uchun savollar.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi – o‘lchanayotgan kattalikning biror
qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi: = (А 0 ’ – А 0 ”)/А хmах *100 %, bu yerda, А O‘ , А 0’’ – o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi. Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan. O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi. Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin. bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir. Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir. Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi: µ= n / n um , bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; n um – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni. Nazorat uchun savollar. 1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlarini sanab bering. 2. O‘lchash xatoligi deb nimaga aytiladi? 3. Xatolik turlarini sanab bering. 4. Mutloq xatolik deb niiaga aytiladi? 5. Absolyut xatolikni aniqlash formulasini va ta’rifini aytib bering. 6. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini sanab bering. 7. O‘lchash vositalarining sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi va ishonchliligi (chidamliligi) qanday formula bilan aniqlanadi? Download 346.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling