6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


O‘lchash vositalarining aniqlik klassi


Download 346,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi346,9 Kb.
#1630752
1   2   3   4   5
O‘lchash vositalarining aniqlik klassi – mazkur o‘lchash vositalarining 
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz 
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar 
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, aniqlik klassi bir xil o‘lchash 
vositasining xatoligi qaysi chegarada joylashganini bilishga imkon beradi, lekin bu 
vositalarning har biri bilan bajariladigan o‘lchashlarning aniqligini bevosita 
ko‘rsata olmaydi. Bu holat o‘lchash vositalarini o‘lchashlarning belgilangan 
aniqligiga qarab tanlashda muhim.
O‘lchash vositalarining aniqlik klassi texnik talablar (shartlar) standartlarida 
yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa texnik hujjatlarda, ayrimlarida esa 
asbobning shkalasi panelida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har qanday o‘lchash vositasini tanlashda eng avvalo uning metrologik 
tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala 
tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish 
funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv 
xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga 
nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash 
vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan 
aniqlanadi. 
Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. 
(boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli 
o‘zgarishiga olib keladi.
S = Х
min

nоm
*100 %, 
bu yerda, Х
min
– o‘lchanadigan kattalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.

Download 346,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling