6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


Download 346.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi346.9 Kb.
#1630752
1   2   3   4   5
 
O‘lchash xatoligi – o‘lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) 
qiymatidan o‘lchash natijasining farqlanishi.
O‘lchash natijasi va uning xatoligi baholanishini o‘lchash sub’yekti tomonidan 
aniqlanadi.
 
O‘lchash sub’yekti (inson) o‘zida o‘lchash jarayonini realligini va aksini 
birlashtiradi, bu jarayonga aktiv ta’sir etadi, o‘lchash vazifasini maqsadini amalga 
oshirish uchun qo‘yadi va sh.k lar qatorida o‘lchash natijalariga ishlov beradi.
2. O‘lchash xatoliklari, ularning turlari. 
 
O‘lchash xatoligi deganda o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan 
o‘lchash natijasining farqlanishi tushuniladi.
O‘lchash xatoliklari sonli ifodalanishi shakli bo‘yicha mutlaq va nisbiy 
xatoliklarga bo‘linadi.


O‘lchashning mutlaq xatoligi 

X, bu o‘lchanayotgan kattalikning birligi 
orqali ifodalangan o‘lchash xatoligi. Bu xatolik asosan quyidagi ifoda bilan 
aniqlanadi: 
 
 
 
 

X=X
o‘ 
-X
ch 

bu yerda X
o‘ 
– o‘lchanayotgan kattalik qiymati; X
ch 
- chinakam qiymat 
 
 
Lekin kattalikning chinakam qiymati noaniq bo‘lishi tufayli, o‘lchash 
xatoligini taxminan baholash mumkin. Amaliyotda chinakam qiymat o‘rniga 
haqiqiy qiymat qo‘llaniladi.
 
O‘lchashning nisbiy xatoligi 

, bu mutlaq o‘lchash xatoligining 
o‘lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatiga bo‘lagn nisbati. Nisbiy 
xatolik odatda foizlarda ifodalanadi 
%.
100
X
ч




O‘lchash xatoligi doimo tasodifiy xatolik bo‘lib, determinantlashgan va tasodifiy 
kattaliklar summasi sifatida tasvirlash mumkin. Determinantlashgan tashkil 
etuvchisi o‘lchashning muntazam xatoligi deyilib, quyidagicha ta’riflanadi: biror 
kattalikning qayta-qayta o‘lchash natijasida doimiy qoladigan, yoki qonuniy 
ravishda o‘zgaradigan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, elektr 
o‘lchagich patensiometridagi ishchi tokining asta-sekin kamayishi sababli bo‘lgan 
xatolik. Ikkinchi tashkil etuvchi-o‘lchashning tasodifiy xatoligi – biror kattalikni 
qayta-qayta o‘lchash natijasida tasodifiy ravishda o‘zgaradigan o‘lchash 
xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, o‘lchash asbobi ko‘rsatuvining variatsiyasi 
tufayli bo‘lgan xatolik.
Muntazam xatoliklarni aniqlash va tegishli tuzatmalar kiritish orqali o‘lchash 
tajribalari asosida o‘lchash natijalaridan chiqarib tashlash mumkin. Tasodifiy 
xatoliklarni tajriba yo‘li bilan chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Lekin ularni o‘lchash 
natijasini keltirishda inobatga olish mumkin. Qandaydir chekli sondagi kuzatishlar 
uchun tasodifiy xatoliklarning chegaralarini bu kuzatishlar natijalariga maxsus 
matematik ishlov berish yo‘li bilan aniqlash mumkin, oxirgi natija esa qandaydir 
ehtimollik bilan aniqlangan bo‘lishi mumkin.
Xatolikning hosil bo‘lish sababiga qarab o‘lchashning muntazam xatoligi 
asbobiy, usuliy va sub’ektivliklarga bo‘linadi.

Download 346.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling