6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari
Download 346.9 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari.
- O‘lchash aniqligi
6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari. Reja: 1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari. 2. O‘lchash xatoliklari, ularning turlari. 3. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari. 1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari. Har bir narsani sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. O‘lchash sifati aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, yaqinlilik va qaytari- zuvchanlik, xuddi shunday yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik o‘lchami bilan tavsiflanadi. O‘lchash aniqligi deganda olingan natijalar o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati tushuniladi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, o‘lchash xatoligi 10 -3 bo‘lsa, uning aniqligi 10 3 bo‘ladi. O‘lchash ishonchliligi – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi va o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati (miqdori) belgilangan chegaralardaligi ehtimolligi bilan tavsiflanadi. Ushbu ehtimollik ishonchli (ishonch ehtimolligi) deyiladi. O‘lchash to‘g‘riligi – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati. O‘lchash natijalarining yaqinliligi – bir xil sharoitda o‘tkazilgan o‘lchash natijalarining bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati. O‘lchash natijalarining yaqinligi o‘lchash natijasiga tasodifiy xatoliklarning ta’sirini aks ettiradi. O‘lchash natijalarining qaytarizuvchanligi – turli sharoitda (turli vaqtda, turli joylarda, turli vositalar va turli usullar yordamida) o‘tkazilgan o‘lchashlarning natijalarini bir biriga yaqinliligini ko‘rsatadigan o‘lchashlar sifati. Download 346.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling