6 Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari Reja
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston
Download 203.98 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari
2.3. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog’lig’i uchun zararli bo’lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo’ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo’llash bo’yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida ko’rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida: texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi; umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o’tkazadi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi; davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazadi; umumiy texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi; umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 203.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling