2.4. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi vakolatlari
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O’zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish,
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini
shakllantirishda ishtirok etadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni
tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni
bekor qiladi.
2.5. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o’zgartish va
qo’shimchalarni ekspertizadan o’tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish
bo’yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |