6 - Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan
tartibga solish masalalari
Reja.
1. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi.
2. Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan
tartibga solish
sohasidagi vakolatlari
3. Texnik reglamentlar.
Tayanch so‘zlar: Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi., texnik reglamen,
umumiy texnik reglamen,
maxsus texnik reglamen, xavfsizlik.
1. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - O’zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni
saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z
vakolatlari doirasida faoliyatni amalga
oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari.
2. Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
2.1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar
faoliyatining asosiy
yo’nalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat
ko’rsatishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish
dasturlarini tasdiqlaydi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.