6 Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari Reja


Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish


Download 203.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi203.98 Kb.
#1489809
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 - Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari

3.4. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish 
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlarining hamda davlat va xo’jalik 
boshqaruvi organlarining o’z vakolatlari doirasidagi takliflari inobatga olingan holda 
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan 
amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
3.5. Texnik reglamentlarniishlab chiqish tartibi 
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan 
dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda: 
texnik reglamentlar ishlab chiqilishi haqidagi xabarlarni e’lon qiladi; 
texnik jihatdan tartibga solinishi lozim bo’lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning 
guruhlari hamda turlarini belgilaydi; 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga 
muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi; 
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini ta’minlaydi. 
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar 
rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini 
ta’minlaydi. 
3.6. Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi 
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy texnik 
reglamentlar ekspertizadan o’tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo’nalishi bo’yicha topshiriladi. 
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan 
keyin umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi. 
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik 
reglamentlar ekspertizadan o’tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo’nalishi bo’yicha topshiriladi. 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat 
boshqaruvi organlari o’z faoliyatining yo’nalishlari bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni 
tasdiqlaydi. 


Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan 
e’tiboran kamida olti oy o’tgach amalga kiritiladi. 
Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni e’lon qilish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 

Download 203.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling