6-ma’ruza: Temir-betonning xossalari. Temirbetonni qisqa va uzoq muddatli yuklar ta’siri ostidagi xossalari, reologik xususiyatlari


Betonda cho`kib kirishish va shishish hodisasining o`z-o`zidan sodir bo`lishi


Download 1.44 Mb.
bet2/7
Sana12.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1768887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-маъруза.doc

6.3. Betonda cho`kib kirishish va shishish hodisasining o`z-o`zidan sodir bo`lishi
Betonning muhim xossalaridan biri uning xajmiy o`zgarishidir. Bunday o`zgarish sementning suv bilan birikishi chog`ida ro’y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar, betondagi namlikning o`zgarishi, qotish jarayonida uzidan issiqlik ajralishi, tashqi muxit haroratining o`zgarishi va nihoyat, tashqi yuklarning ta`siri natijasida vujudga keladi.
Beton hajmining o`zgarishiga olib keladigan sabablardan biri – kirishishdir. Betonning kirishishi yuqoridagi hodisalar oqibatida ro`y beradi. Betonning to`liq kirishishini ikki xil deformatsiyaning (rosmana kirishish va nam ta`sirida kirishish) yig`indisi sifatida tasavvur etish mumkin. Haqiqiy kirishish sement bilan suvning birikishi natijasida haqiqiy hajmining kamayishidan hosil bo`ladi. Bu jarayon qaytmas bo`lib, kichraygan hajm shundayligicha qoladi. Nam ta`siridagi kirishish beton tarkibidagi namlikning o`zgarishidan hosil bo`ladi; bu jarayon qisman qaytuvchandir: beton quruq havoda qotsa, uning hajmi kichrayadi (kirishadi); nam sharoitda qotsa, uning hajmi kattalashadi (shishadi). Nam ta`siridagi kirishish oqibatida vujudga kelgan deformatsiya haqiqiy kirishish deformatsiyasidan 10-20 marta katta bo`lib, kirishish deformatsiyalarining asosiy manbai hisoblanadi.
Kirishish (shishish)ning miqdori εsl sement turi, beton tarkibi, uni yotqizish sharoiti, muhitning namligi va harorati kabi omillarga bog`lik bo`lib, o`rtacha qiymati kirishishda 0,3 mm/m va shishishda 0,1 mm/m atrofida bo`ladi. Beton armaturalansa, uning kirishishi va shishishi kamayadi.
Kirishish deformatsiyasi vaqt o`tgan sari kamaya boradi. Kirishish sirtdan boshlanib, beton qurigan sari ichkarilab boradi. Quyosh nurlari ta`sirida beton tez qurisa (Markaziy Osiyo sharoitida aynan shunday buladi), uning sirtida yoriqlar paydo bo`ladi.

3.1-rasm. Beton va temirbetonning vaqt mobaynida kirishish va shishish deformatsiyalarning rivojlanish garfigi
Kirishish oqibatida betonda «xususiy» ichki kuchlanishlar paydo bo`ladi. Bu kuchlanishlar konstruktsiyaning yoriqbardoshligi va bikrligini pasaytiradi, binobarin, inshootning suv o`tkazmaslik qobiliyati hamda uzoqqa chidamliligi ham kamayadi. Oldindan zo`riqtirilgan konstruktsiyalarda betonning kirishishi oldindan hosil qilingan kuchlanishlarning qisman yo`qolishiga olib keladi.
6.4. Tob tashlash va kuchlanishlar relaksatsiyasi
Betonga uzoq vaqt mobaynida yuk yoki kuchlanishlar ta`sir etganda, unda vujudga keladigan noelastik deformatsiya tob tashlash (polzuchest’) deb ataladi. Uzoq vaqt davomida vujudga kelgan tob tashlash deformatsiyalari qisqa muddatli kuchlar deformatsiyasidan bir necha marta katta bo`lishi mumkin. Betonning sudraluvchanligi katta amaliy ahamiyatga ega, shuning uchun xam konstruktsiyalarni hisoblash va loyihalashda u, albatta, e`tiborga olinadi. Betonning sirpanuvchanligi chiziqliyoki chiziqsiz bo`lishi mumkin. Chiziqli sirpanuvchanligida kuchlanish bilan deformatsiya orasidagi bog`lanishni chiziqli deb qaraladi. Bunday bog`lanish siquvchi kuchlanish uncha katta bo`lmagan hollarda, masalan σb≤0,5Rb chegarasida uchraydi. Kuchlanish kattaroq bo`lgan hollarda tob tashlash deformatsiyasi chiziqsiz bo`ladi: bunda deformatsіya kuchlanishga qaraganda tezroq o`sib boradi. Beton tob tashlash mikdor jihatdan tob tashlash tavsifi bilan baholanadi:

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling