6-ma’ruza: Temir-betonning xossalari. Temirbetonni qisqa va uzoq muddatli yuklar ta’siri ostidagi xossalari, reologik xususiyatlari


Download 1.44 Mb.
bet3/7
Sana12.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1768887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-маъруза.doc

φt= ,
bu erda εpl(t)vaqtning t daqiqasida nisbiy tob tashlash deformatsiyasi; εel –yuklanish chog`ida(t = 0) nisbiy elastik deformatsiya.
Sirpanuvchanlik miqdorini tob tashlash o`lchovi S(t) orali ifodalash qulay. 1 MPakuchlanishda hosil bo`lgan tob tashlash deformatsiyasi o`lchov birligi deb qabul qilingan. Sirpanuvchanlik deformatsiyasi quyidagicha ifodalanadi:
εpl(t)= S(t)·σb.
Uning chegaraviy viymati tob tashlash o`lchovining chegaraviy viymati quyidagiga teng:
εpl= S·σb.
Sirpanuvchanlik deformatsiyasini tob tashlash tavsifi orali ham aniqlansa bo`ladi:
εpl= φ· .
Sirpanuvchanlik tavsifi bilan tob tashlash o`lchovi orasidagi bog`lanish quyidagiga teng:
φ=CEb.
Sirpanuvchanlik tavsifining chegaraviy qiymatlari ko`p omillarga bog`liq bo`lib, og`ir betonlar uchun 1...4; engil betonlar uchun 2...5 oralig`ida olinadi.
Betondagi tob tashlash hodisasi bilan kuchlanishlar relaksatsiyasi (kamayishi) tushunchasi orasidagi uzviy bog`lanish mavjud. Betonning boshlang`ich deformatsiyasi o`zgarmas bo`lib, vaqt o`tishi bilan undagi kuchlanishlarning kamayishi hodisasi kuchlanishlar relaksatsiyasi deb ataladi. Relaksatsiya sharti εb=εel+εpl=const ko`rinishda ifodalanadi. Kuchlanishlar relaksatsiyasi ham sirpanuvchanligi singari vaqt o`tishi bilan so`nib boradi.

3.2-rasm 1. Vaqt bo`yicha tob tashlash deformatsiyasining rivojlanishi: a)-turli kuchlanishlarda; b) turli yoshda yuklanganda.
6.5. Harorat va namlik ta`siridan betonda bo`ladigan deformatsiyalar. Qisqa va uzoq muddatli yuklanish ostida paydo bo`ladigan deformatsiyalar
Beton elastik qayishqoq material bo`lib, hajmiy va kuch ta`siridan bo`ladigan holatlarga bo`lishimiz mumkin. Betonda kirishib-qisqarish va nam tortib shishishi – hajmiy deformatsiya turiga kiradi. Qisqa muddatda va uzoq vaqt davomida ta`sir etadigan va ko`p qirrali takrorlanadigan yuklanishlardan hosil bo`ladigan deformatsiyalarga esa kuch deformatsiyalari deyiladi.
Harorat va namlik ta`siridan betonda bo`ladigan deformatsiyalar.
1. Harorat ta`siridan. Betonning qotish paytida o`zidan issiqlik chiqarish xususiyatiga, keyinchalik esa notekis sovush natijasida anchagina harorat deformatsiyasi hosil bo`ladi. Bu esa hajmiy deformatsiya chiziqli kengayish koeffitsienti αbt sement turiga, to`ldirgichga, beton qorishmasining tarkibiga, beton namligiga, element kesimi o`lchamlariga bog`liqdir.
Amalda harorat 1000S gacha o`zgarganda sement tosh va to`ldirgichda chiziqli kengayish koffitsienti betonda aytarli katta qiymatga ega bo`lmagan ichki kuchlanishlarni paydo qilmaydi, shu sababli -500S0S oraliqda αbt=0,00001 grad-1=1·10-5S-1.
2. Namlik ta`siridan. Beton tabiiy havo muhitida qotganda uning hajmi kichrayish xususiyatiga cho`kish (usadka) deyiladi. Betonning cho`kish deformatsiyasi εsh=0,0003…0,0005. Bu s/ts nisbatiga va sement miqdoriga bog`liq. Betonning bu xusiyatiga teskari ya`ni suvda qotayotganida hajmning ortishi – shishish deyiladi. Uning kirishishdan deformatsiyasi 2-5 marta kichik.
Betonning cho`kishi birinchi yil davomida shiddat bilan o`sib boradi, keyinchalik esa asta-sekinlik bilan kamayadi va bu uzoq davom etadi. Betonning yuzasidagi qatlamdan ichkarga qarab notekis qurishi natijasida cho`kish kuchlanishlar qiymatlari notekis, unda yoriqlar hosil bo`ladi, bu esa darz ketish bo`yicha chidamliligini va bikrligini kamaytradi, demak nam o`tkazmaydigan va uzoq vaqtlarga chidamliligi xususiyatini kamaytiradi.
Qisqa va uzoq muddatli yuklanish ostida paydo bo`ladigan deformatsiyalar.
Bir marta qisqa vaqt ichida yuklanishdan hosil bo`ladigan deformatsiyalar. Yuklanish laboratoriya sharoitida press ostida asosan, 20...30 N/sm2·s tezlik bilan 10 yillab davom etadi. Agarda beton prizmani bosqichlab yuklab deformatsiyalarni o`lchasak, ya`ni ikki marta – boshida va oxirida u holda quyidagi grafikni olamiz.

3.3-rasm. Sinov davomida siqilayotgan beton prizmaning σ-ε diagrammasi


Pog`onali yuklangandagi deformatsiyalar.Diagrammadan ko`rinib turibdiki, katta bo`lmagan kuchlanishda (σ<0,2Rb) betonni elastik material sifatida qarash mumkin. Juda kichik o`lchamga ega yoriqlar paydo bo`lishidan oldin Rb,crc elastikmas deformatsiyalar shiddat bilan o`sadi. Qo`yilgan kuchning oshishi natijasida namunada juda kichik o`lchamdagi yoriqlar qo`shilishib emiriladi – 4 nuqta, bu holat chegaraviy qarshilik Rbga teng bo`ladi.
Umumiy holda betonning to`liq deformatsiyasi elastik va plastik qismlardan tashkil topadi:

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling