6-mavzu: Adabiyotlar bilan ishlash. Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish Reja


Download 210.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana25.12.2022
Hajmi210.39 Kb.
#1065443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-ma\'ruza (1)

Ta’limni axborotlashtirish-o’qitish va tarbiyalashning psixologik-pedagogik 
maqsadlarini joriy qilishga mo’ljallangan zamonaviy axborot texnologiyalarni ishlab 
chiqish va foydalanishning nazariyasi va amaliyoti bilan ta’lim sohasini ta’minlash 
jarayoni. 
Axborotli ta’lim muhiti-o’quv faoliyatini joriy qilish uchun qo’llaniladigan 
kompyuter vositalari va ularni harakatlanish usullari birikmasi. 
Axborot tizimi-axborotni uzatish va qabul qilish tizimi bo’lib, axborot manbai, 
uzatish, aloqa kanali va axborotni qabul qiluvchilardan iborat. 
Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar-axborotga ishlov beruvchi turli 
xildagi qurilmalar, mexanizmlar, usullar, algoritmlarni tasvirlovchi umumlashtirilgan 
tushuncha. Axborotli va telekommunikatsion texnologiyalarning muhim zamonaviy 
qurilmalari bo’lib, mos ravishdagi ta’limot bilan ta’minlangan kompyuter va o’zida 
joylashtirilgan axborotlar bilan birga telekommunikatsion vositalar hisoblanadi. 
Axborotli ob’ekt – turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va 
majmuaviy tuzilgan elementlar, jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi 
umumlashtiruvchi tushuncha bo’lib, ular bevosita yoki algoritmli ko’rinishlarda 
tasvirlanishi mumkin. 
Axborot – inson tomonidan og’zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, rasm, 
chizma, shartli belgilar ko’rinishida) yoki boshqa usulda (masalan, tovushli yoki 
yorug’lik signallari, elektrik yoki asabli impulslar yordamida) uzatiladigan 
ma’lumotlar birikmasi. XX asr o’rtasidan boshlab –insonlar, inson va avtomatika 
o’rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o’simlik olamida signal bilan almashishni 
o’z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha. 
Mezon-muhokama uchun mo’ljallangan vosita bo’lib, uning asosida biror 
ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga oshirilishi 
mumkin. 
Mantiqiy urg’u – foydalanuvchi diqqatini kompyuter ekranidagi ma’lumot 
ob’ektiga qaratish uchun yo’naltirilgan psixologik apparatli usul. 


Model-kompyuter texnikasi vositalari yordamida matematik uslublar asosida 
ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo’lgan loyihaviy ko’rinish. 
Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib 
borish, real mavjud bo’lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar 
kompyuterli modellarini qurish va o’rganish. 

Download 210.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling