6-mavzu: Adabiyotlar bilan ishlash. Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish Reja


Download 210.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana25.12.2022
Hajmi210.39 Kb.
#1065443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-ma\'ruza (1)

Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida 
ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda 
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir. 
Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarining 
quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, 
ma’lumotlar to’plami, lektsiyalar kursi, lektsiyalar to’plami, metodik ko’rsatma, 
metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar. 
Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat 
standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan 
tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir. 
Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori 
ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va 
yo’nalishlarining mayyan o’quv fani (yoki bir necha fan)ga to’la mos kelgan asosiy 
o’quv elektron maxsuloti hisoblanadi. 
O’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki 
to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan 
mahsulotdir. 


Elektron o’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki 
to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron 
maxsulot hisoblanadi. 
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga 
elektron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo’lib, unda 
elektron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda 
qo’llaniladigan 
dasturiy 
vositalar 
va 
ulardan 
foydalanish 
malakalari 
takomillashtiriladi. 
Elektron 
darsliklarni 
yaratish 
texnologiyalari 
kursining 
vazifalari 
quyidagilardan iborat:
• Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish; 
• 
Elektron darsliklar yaratish tartibi va unga qo’yiladigan talablar mazmuni 
bilan tanishtirish;
• Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va 
multimedia vositalarining o’rnini aniqlash; 
• Elektron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va 
ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish; 
• Elektron darsliklardan o’quv jarayonida samarali foydalanish metodikasi 
mazmunini tanishtirish. 
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni 
tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar 
bo’yicha elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara 
beradi. 
Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, 
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga 
yo’naltirilgan bo’ladi. 
Elektron o’quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. 

Download 210.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling