6-Mavzu. Biznes-rejaning tashkiliy bo‘limi
Download 32.45 Kb.
|
1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari
1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari 6-Mavzu. Biznes-rejaning tashkiliy bo‘limi Reja Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari Korxonaning kadrlar siyosati va tashkiliy tuzilma 1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari Faoliyatini boshqarishning tashkiliy strukturasi, xodimlarning shaxsiy xarakteristikalari va malakasi, huquqiy va bank xizmati shakllari – faoliyatining yakuniy muvaffaqiyatining muhim omilidir. Kichik biznesning o’ziga xos xususiyati shundaki, tashkiliy nuqtai nazardan firmaning strukturasi asosiy (yetakchi) xodimlarning xarakteristikalari va ularga qo’yiladigan talablar bilan uyg’unlashib ketadi. Boshqaruv strukturasini tuzishda inson omili muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan faoliyatining boshlanish bosqichida rahbarlar va mutaxassislarning shaxsiy va guruhli qiziqishlari, tajriba va udumlari, malaka va ijtimoiy – psixologik xarakteristikalari hisobga olinishi lozim. Tashkiliy strukturani tuzishda yana boshqarishning samarali strukturalarining asosiy prinsiplariga ham diqqatni jalb etilishi talab etiladi: majburiyatlarni optimal taqsimlash; rahbarning axborot bilan ta’minoti; ijrochining o’z ishi natijasida manfaatdorligi; nazoratning mavjudligi; yakkaboshchilik. Korxonaning tashkiliy strukturasini tuzish uchun boshqarishning tipovoy (namunaviy) tashkiliy strukturasidan keng foydalanish mumkin: chiziqli; chiziqli shtabli; funksional; programmali–maqsadli; matritsali. Ishlab chiqarish manfaatlari, shaxsiy manfaat va xodimlar manfaati o’zaro moslashtirilgandagina korxona xodimlarining faoliyati samaralibo’ladi. Xodimlarni boshqarishni tashkil etishga ikki xil yondoshish mavjud: amerikava yapon usuli. Amerika usuli yakka tartibda qaror qabul qilish va yakka tartibda javobgarlikka,ixtisoslashuvga, xodimlarni ma’lum bir muddatga yollashga asoslangandir. Yapon usuli esa – qarorlarni kollektiv tarzda qabul qilishi va yakka tartibda javobgarlikka, ixtisoslashuvga, xodimlarni ma’lum bir muddatga yollashga asoslangandir. Xodimlarni boshqarishni tashkil etishda u yoki bu yondoshuvni qo’llash uchun ishning xususiyatini e’tiborga olishi zarur. Biznes–rejaning ushbu qismida quyidagi masalalar yoritilishi lozim: boshqaruv strukturasi qanday bo’ladi? boshqaruv komandasining asosiy a’zolari orasida vazifalar qanday taqsimlanadi? ular bir–birini qanday to’ldirishadi. Bu yerda korxonaning tashkiliy strukturasi sxemasini keltirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari boshqaruvchilar (tashkilotchilar) ro’yxati, ushbu sohadagi ish tajribalari, majburiyat va javobgarlik, maoshi, korxona ega bo’lgan resurslar haqida ham ma’lumot beriladi. Taklif etilgan sxema quyidagi punktlardan tashkil topadi: Tashkiliy struktura – boshqaruv komandasining barcha mansablari keltiriladi. Agar mansablarni ustama xarajatlarni o’zgartirmay to’ldirish imkoniyati bo’lmasa, u holda ushbu funksiyalar kim tomonidan qay tarzda bajarilishi (chetdan xodimlarni, konsultantlarni jalb qilish yoki funksiyalarni qo’shib olib borishni yo’lga qo’yib) va ushbu mansablar doimiy xodimlar bilan qachon to’ldirilishi aniqlanishi talab etiladi. A) Korxona (firma)ning bosh boshqaruvchilari Bu erda boshqaruv apparatining har bir a’zosining huquq va majburiyatlari ifodalanishi lozim: kim qanday vazifalarni bajaradi; kim kimga bo’ysunadi; kim yakuniy qaror chiqaradi. Har bir rahbarga ishchanlik xususiyati, erishgan natijalar nuqtai nazaridan baho berish talab etiladi (rezyume tarzida). Rezyume quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1. Ismi, sharifi; 2. Adress; 3. Telefon; 4. Mansab; 5. Qisqacha xarateristika (yoshi, qobiliyati, qiziqishi, malakasi); 6. Ish tajribasi; 7. Ma’lumoti; 8. Oilaviy sharoiti; 9. Tavsif. B) Mulkchilik masalalari. Boshqaruv komandasining har bir a’zosining ish haqi miqdori. Ish haqi miqdori shu xodimning oxirgi ish joyida olgan maoshi miqdorida belgilanadi. Agar firma aksionerlik jamiyati sifatida rejalashtirilsa, boshqaruvchilar qancha aksiyaga ega va ishga qancha kapital qo’shgani ham ko’rsatiladi. C) Boshqa investorlar. Bu yerda firma (korxona) ning boshqa investorlari haqida ma’lumot berish, ularning soni, aksiyalari ulushi, sotib olgan muddati va har bir aksiya qiymati ifodalanishi kerak. D) Ishchilarni yollash, boshqa kelishuvlar, aksiyalar va mukofot rejalari. Boshqaruv komandasini yollash shartlarini ifodalash; aksiyalarni sotib olish va kapital qo’yilmalarga qo’yiladigan cheklanishlar va mukofotlar tizimi haqida ma’lumot beradi. E) Direktorlar kengashi. Bu o’rinda korxonaning direktorlar kengashi strukturasi va soni haqidagi qarori, uning a’zolarining tarkibi va korxonaga keltiradigan nafi haqida ma’lumot beriladi. J) Boshqa aksiyadorlar. Boshqa aksiyadorlar (boshqaruv komandasidan tashqari) tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, yozma ravishdagi kafolatlari sanab o’tiladi. 3. Professional maslahatchilar va xizmatchilar. Barcha korxonalar (firmalar) katta kichikligidan qat’iy nazar buxgalter, huquqshunos, banklar, sug’urta agenti yoki broker xizmatidan foydalanadi. Shu sababdan ushbu bo’limda auditorlik xizmati, reklama, huquq, bank operatsiyalari bo’yicha yollanadigan mutaxassislarning nomlari va ishlaydigan tashkilotlarni sanab o’tish lozim. Kichik korxona va firmalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib keladigan omillar tahlil qilinganda shu narsa aniqlandiki, 98 % muvaffaqiyatsizlik noto’g’ri boshqaruv natijasida va 2 % ularga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra ro’y berar ekan. Ushbu bo’limni tuzishda ana shu sharoitni albatta e’tiborga olish lozim. Bankrotlikning keng tarqalgan sabablaridan quyidagilarni ajratib ko’rsatish lozim: 1. Boshqaruv bilimining yetishmasligi – 45 % 2. Ushbu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi tajribaning yetishmasligi – 9 % 3. Boshqaruv tajribasining yetishmasligi – 18 % 4. Tor mutaxassislik – 20 % 5. Zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi – 3 % 6. Aldash – 2 % 7. Baxtsiz hodisa – 1 % Jami – 98 % Tashkiliy reja sxemasi tuzish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi. Ish turlari bo’yicha malaka matritsasi, tashkiliy struktura. Ish turlari bo’yicha jadval ifodasidagi malaka matritsasi jadvalini to’ldirishdan oldin, ushbu ishlarni bajaradigan xodimlar ismlari va familiyalarini ko’rsatish, «X» belgisi bilan ularga biriktirilgan ishlar ko’rsatilishi kerak. Agar matritsa qatori bo’sh bo’lsa, u holda 3-ustunda kerakli (talab etilgan) xodimlarni topish zaruriyati paydo bo’ladi. Download 32.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling