6-mavzu: Dunyo xalqlari klassifikatsiyasi Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 86.99 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi86.99 Kb.
#1479374
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu Dunyo xalqlari klassifikatsiyasi Ko’rib chiqiladigan a (4)

Ingliz tili
davlat tili sifatida: Gvineya-Bisau, Serra-Leone, Liberiya, Gana, Nigeriya, Zambiya, Namibiya, Zimbabve.
Mahalliy til bilan birgalikda: Uganda, Keniya, Tanzaniya, Komor orollari, Botsvana, Svazilend, Lesoto, JAR, Malavi, Seyshel orollari.
Frantsuz tili
Davlat tili sifatida: Senegal, Gvineya, Kot’d Ivuar, Togo, Benin, Gabon, Kongo, Zair, MAR, Niger, Mali.
Mahalliy til bilan birga: Burundi, Ruanda,
Ingliz va frantsuz tillari birgalikda: Kamerun, Seyshel o-lari. Komor o-lari.
Arab va frantsuz tillari birgalikda: CHad.
Arab tili: Shimoliy Afrika davlatlari.
Ispan tili: Ekvatorial Gvineya
Portugal tili: Angola, San-Tome va Printsipi.


Binobarin, dunyodagi dinlarning strukturaviy tuzilishini quyidagicha tasavvur etish mumkin (1-chizma).



христиан

ислом


Жаҳон динлари

Ҳиндизм

иудаизм



Универсал динлар





Дунёдаги динлар

Этник динлар





буддизм



Анъанавий динлар



Даосизм, конфутсийлик

Синтоизм

Turli davlatlar hududida bir-biriga yaqin bo’lmagan millatlar azaldan istiqomat qilib keladi. Bu hol asrlar davomida shakllanib kelgan millatlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayot tarzi bilan bog’liqdir.


Aholisining milliy tarkibi jihatidan 5 turdagi davlat ajratib ko’rsatiladi: Bir millatli (asosiy millati 90% dan ortiq bo’lgan) – dunyo mamlakatlarining deyarli yarmi: Evropa, YAqin Sharq, Lotin Amerikasi davlatlarining ko’pchiligi.
Bir millatning boshqa millatdan keskin ortiqligi kuzatiladigan davlatlar: Buyuk Britaniya, Frantsiya, Ispaniya, Ruminiya, Xitoy, Mo’g’uliston, AQSh, Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya va hokazo.
Ikki millatli davlatlar: Kanada va Belgiya.
Etnik munosabatlari yaqin bo’lgan murakkab tarkibli davlatlar: Osiyoda, Eron Afg’oniston, Pokiston, Malayziya, Laos, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari.
Murakkab etnik munosabatlarga ega, kelib chiqishi har xil bo’lgan ko’p millatli davlatlar: Hindiston (1500 ta atrofida halqlar yashaydi), Rossiya, Shveytsariya, Indoneziya, Filippin, G’arbiy va Janubiy Afrikaning ko’plab davlatlari.
Dunyo aholisining diniy tarkibini tahlil qilishda diniy ta’limotlar va dunyoqarashlarning tarqalish geografiyasiga e’tibor qaratish muhimdir (1-chizma).
Hozirgi kunda xristian diniga e’tiqod qiluvchilar soni 1,5 mlrd atrofida, musulmonlar soni 1,3 mlrd, buddistlar 450 mln. Shuni e’tiborga olish kerakki, musulmonlarning ko’pchilik qismi, aholi tabiiy o’sishi yuqori bo’lgan Osiyoda istiqomat qiladilar, shuning uchun aytish mumkinki, ularning soni doimiy ravishda ko’paymoqda.
Xristianlar (katoliklar) Lotin Amerikasi dindorlarining 9G’10 qismini, Evropada 1G’3 qismini tashkil qiladi.
Katoliklar: Braziliyada 133 mln kishi, Meksikada – 76 mln kishi, AQShda- 67 mln, Filippinda – 54 mln, Italiyada – 48 mln kishini tashkil etadi.
Protestantlar: AQShda – 70 mln, Buyuk Britaniyada – 40 mln, Germaniyada – 30 mln.
Ispaniya dindorlarining barchasi katoliklar, JAR, Kanada, Avstraliyada protestantlardir.
Musulmonlarning ko’pchiligini sunniy mazhabidagilar tashkil etadi.
Indoneziyada – 161 mln, Pokistonda – 126 mln, Hindistonda -100 mln, Bangladeshda – 100 mln, Turkiyada – 58 mln kishi.
Buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar:
Yaponiyada – 92 mln, Xitoy – 70 mln, Tailand – 54 mln, Myanma – 39 mln, Vetnam – 38 mln kishi.
Afrika qit’asi davlatlari aholisining diniy tarkibi alohida e’tiborga loyiqdir. Afrikada dindorlari 100% islomga e’tiqod qiluvchilar davlatlardan Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Liviya, Tunis, Misr, Sudan, Somali va Malini ko’rsatish mumkin. Markaziy Afrika Respublikasi aholisining 75% foizi mahalliy dinga e’tiqod qiladi. Liberiya aholisining 90%, Namibiya aholisining 80%, Ekvatorial Gvineya aholisining 80%, Lesoto aholisining 80% i xristianlardir. Madagaskar aholisining 50% hinduistlardir (5-jadval).

Download 86.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling