6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Download 44.15 Kb.
bet13/16
Sana02.02.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1147288
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2

d) Mazmun va shakl.
Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol o‘ynaydi.
Xo‘sh, mazmun va shakl nima?
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim ele­mentlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat.
SHakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.
Ob’ektiv olamda narsa va hodisaga oid bo‘lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo‘q. Aksincha, faqat muayyan mazmun va shakl birligiga ega bo‘lgan narsalar va hodisalargina mavjuddir. Bunda hamisha muayyan mazmun muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo‘ladi.
Borliqdagi har bir narsa va hodisa o‘z mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud bo‘lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol o‘ynaydi. SHakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi.
z) Sabab va oqibat.
Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy bog‘lanish deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Xo‘sh, sabab va oqibat nima?
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu erda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo‘lib turibmiz. Lekin bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, ishqalanish sabab, issiqlik - oqibat bo‘lmoqda.
Odatda borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z sababi bo‘ladi va ayni vaqtda uning o‘zi ham boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda ular­ni alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda esa bir-biri bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi oqibat tarzida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi.
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti asosida kelib chiqqan.
Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «SHamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» — deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar tomonidan kirilgan emas. Sababiyat aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan shu borliqni bilish jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u keyinchalik fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi. Bu ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi.

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling