6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja
Download 44.15 Kb.
|
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2
j) Zaruriyat va tasodif.
Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa zaruriyat deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea tasodif deyiladi. Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydigan borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni vaqtda bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Zaruriyatning bunday o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning sababi o‘zida bo‘ladi, u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi. Tasodif zaruriyatdan farqli o‘laroq, muayyan sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin, u shu tarzda ham, boshqacha tarzda ham yuz berishi mumkin. Tasodif ayni vaqtda narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Ammo tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki undan tashqarida tashqi shart-sharoitlarda bo‘ladi. Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u ichki sabab asosida emas, tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas, balki turli jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa va hodisalar rivojlanishining yo‘nalishini belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki individual xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas. Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson hohishi va irodasiga bog‘liq emas. Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi. Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi tasodiflarni aniqlashdan iboratdir. Download 44.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling