6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Download 44.15 Kb.
bet2/16
Sana02.02.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1147288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2

Sofistik tafakkur uslubi dialektik fikrlashga zid tarzda dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqaladi va rivojlanadi. Qadimgi yunon falsafasida biron-bir hunarni yoki bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik, o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, bilimdonlik, donishmandlikda nom chiqargan kishilar ham sofistlar deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur muhokama jarayonida ataylab yolg‘on asoslardan xulosa chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. SHu sababli Forobiy sofistikani “yolg‘ondakam donolik” deb izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni anglashda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan chalg‘itadi.
Eklektik fikrlash usuli ham dialektikaning muqobili sifatida dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Keyinchalik o‘rta asr va yangi davr falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Hozirgi zamonda ham eklektik fikrlash bir-biriga zid narsalarni, g‘oya va nazariyalarni kelishtirishga qaratilga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Eklektika (“tanlayman” degan yunoncha so‘zdan olingan) narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalashga asoslangan fikrlash usulidir. Narsa va hodisalarga aniq, muayyan makon va vaqt, muayyan vaziyat va shart-sharoit nuqtai nazaridan yondoshmaslik, ulardagi asosiy va asosiy bo‘lmagan tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi va bunday narsa vahodisalar mohiyatiga yuzaki yondashuv dogmatik fikrlashni keltirib chiqaradi.
Dogmatik (dogma – o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida ma’nolarini bildiradi) bilish uslubining o‘ziga xos belgisi shundaki, u haqiqatning konkretligi, muayyan sharoitga, joyga va vaqtga bog‘liqligini rad etadi. Muayyan tarixiy davr va sharoitda haqiqat bo‘lgan g‘oya va bilimni dogmatik o‘zgarmas, qotib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondashuv esa turg‘unlikka olib keladi.
Materiyaning o‘z-o‘zidan tashkil topishi haqidagi tasavvurlarni uning harakati va rivojlanishi haqidagi tasavvurlar sifatida o‘rganish falsafaning an’anaviy muammosidir. O‘z-o‘zidan tashkil topish – bu ob’ektning komponentlarining faqat ichki aloqalari hisobidan va o‘tmish tarixiga muvofiq kollektiv harakati natijasida vujudga kelishidir. Rivojlanish, murakkablashish va o‘z-o‘zidan tashkil topish jarayonlari uzoq vaqtgacha faqat jonli tizimlar bilan bog‘lab kelindi.
Jonsiz tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining kashf etilishi ko‘pgina jarayonlarga yangicha qarashga imkon berdi, jonsizdan jonlikka o‘tish mexanizmi to‘g‘risidagi bilimni boyitdi. Bu jihatdan sinergetika nomini olgan yangi ilmiy yo‘nalish doirasida ishlab chiqilayotgan g‘oyalar diqqatga sazovordir.
Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir prinsipga bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?».1

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling