6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja
Download 44.15 Kb.
|
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2
Uzluksizlik — bu narsa va hodisalarning rivojlanishidagi miqdor o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarning rivojlanishi miqdor o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bu uzluksiz rivojlanish davrida narsa va hodisalarda ichki o‘zgarishlar yuz bersa-da, bu o‘zgarishlar shu narsa yoki hodisa mohiyatini butunlay o‘zgartirib yubormaydi. Bunda narsa yoki hodisa o‘zining oldingi sifatini saqlab qoladi. Uzilish esa shu narsa va hodisalar rivojlanishida endi yangi miqdor o‘zgarishlari mumkin bo‘lmay qolgan bir paytda yuz beradigan sifat o‘zgarishlarini ifodalaydi. Uzilish — bu o‘zgarish va rivojlanish jarayonida narsa yoki hodisaning bir sifat muayyanligidan ikkinchi sifat muayyanligiga o‘tishi demakdir. O‘zgarish va rivojlanishda miqdorning sifatga o‘tishi, eski sifatning yangi sifatga aylanish jarayoni falsafada uzluksizlikning uzilishi, deyiladi. Ayni shu uzluksizlikning uzilishi tufayli bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tish jarayonini falsafada sakrash, deb ataladi. Sakrash narsa va hodisalarning butun uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi oilan zaruriy ravishda yuz beradi. Masalan, moddiy olam rivojlanishida noorganik tabiatdan organik gabiatning paydo bo‘lishi, ayni vaqtda buyuk sakrash bo‘lgan. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrash o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Masalan, tabiatdagi sakrashlar undagi eski sifatdan yangi sifatga o‘tishlar insonning irodasiga bog‘liq, bo‘lmagan holda, tabiiy-tarixiy jarayonning oqibati sifatida yuz beradi. Ijtimoiy hayotdagi sakrashlar esa tabiatdagi sakrashlardan farq, qilib, ular kishilar tomonidan ob’ektiv zaruriyatlarni anglash natijasida tayyorlanadi va amalga oshiriladi. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy inqiloblar, tadrijiy rivojlanishlar orqali amalga oshiriladi. Sakrashlar inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning bilimlar tizimining rivojlanib borishiga ham xosdir. Ilm-fan sohasida sekin-asta to‘planib borgan faktlar, ma’lumotlar va bilimlar asosida inson o‘z aql-idroki bilan ixtiro va kashfiyotlar qilishi, yangi qonuniyatlarni ochishi mumkin. YUqoridagi fikrlarga asoslanib sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi — sekin-asta tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi tezlik bilan yuz beradi. Masalan, kimyoviy jarayonlarda reaksiyaga kirishgan modda tezlik bilan eski sifatdan yangi sifatga o‘tadi, boshqa kimyoviy moddaga aylanadi. Sakrashning ikkinchi turida esa eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi. Bunday sakrash turiga tilning rivojlanishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. Download 44.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling