6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Download 44.15 Kb.
bet3/16
Sana02.02.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1147288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2

2-savol bayoni: Mavjud olam rivojlanishining muayyan holatlarini ifodalaydigan tartiblilik va tartibsizlik, ya’ni qonun va xaos tushunchalari ham muhim ahamiyatga ega. Bu masala xususida falsafa tarixida turlicha g‘oyalar ilgari surilgan. Qadimgi mifologik, dinifalsafiy qarashlarda olamning dastlabki tartibsizlik – “xaos” holati mavjudligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Masalan, xitoylik zamondosh olimlardan biri YUan Ke o‘zining “Qadimgi xitoy afsonalari” nomli kitobida xitoy xalqining afsonaviy-diniy dunyoqarashini tahlil qiladi. Bu afsonalarga ko‘ra, dunyoning dastlabki holati Xaos – tartibsizlik bo‘lib, so‘ngra ikki qarama-qarshi kuch – YAn (osmon qudrati) va In (er qudrati) o‘rtasidagi munosabat tufayli xaosning bo‘ysundirilishi va dunyoning tartiblanishi yuz berdi. Dunyoning tartibli tuzilishining asosida boshlang‘ich besh unsur (suv, olov, havo, tuproq va daraxt (yoki metall) ko‘rsatiladi. Bu unsurlar asosida tabiatning besh xil hodisasi – yomg‘ir, quyoshning tovlanishi (ufq), issiq xarorat, sovuqlik, shamol talqin qilinadi.
Qadimgi Xitoydagit Konfutsiy falsafasida ham olamning tuzilishi, inson va jamiyat taqdiri osmonga, yaratuvchi ilohiy kuchga bog‘liq, deb ko‘rsatiladi. Uning ta’limotida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li – tartib, qoida, qonun degan ma’noni anglatadi. Konfutsiy jamiyatning qat’iy tartibli ierarxik tuzilishini himoya qiladi va Li – jamiyat ravnaqining asosi, deb hisoblaydi.
O‘rta asr SHarq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy ham o‘zining borliq to‘g‘risidagi ta’limotida birinchi mavjuddan kelib chiqqan olam tartibi haqidagi g‘oyalarni ilgari suradi. Forobiy fikricha, mavjud olam (borliq) olti bosqichdan iborat bo‘lib, bu bosqichlar, ayni vaqtda, butun mavjud narsalarning asosidir, ular bir-biri bilan sabab-oqibat munosabatlari asosida bog‘langan. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat: birinchi sabab – yaratuvchi parvardigor bo‘lib, u yakkadir. Qolgan beshta sababga ko‘plik xosdir. Ikkinchi sabablar – osmoniy jismlar, uchinchi sabab – fazoviy faol aql bo‘lib, uning vazifasi inson haqida g‘amxo‘rlik qilishdan va uni takomil darajasigacha etkazishga intilishdan iborat. To‘rtinchi sabab – jon (annafas), beshinchi sabab – shakl, oltinchi sabab – materiya (moddiy to‘rt unsur). To‘rtinchi, beshinchi va oltinchi sabablar bevosita real buyumlar, moddiy narsalar bilan bog‘liqdir. Mavjud narsalarning barchasi ana shu olti asos (sabab, ibtidodan) kelib chiqadi. Bu asoslar ikki turga bo‘linadi: vujudi vojib (zaruriy vujud) – mavjudligi hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan mavjudlik (xudo), vujudi mumkin – mavjudligi uchun biror sababga muhtoj, boshqa narsa tufayli vujudga keladigan mavjud narsalar. Birinchi sabab va uning oqibati, ya’ni xudo va mavjud olam yagona bir butunni tashkil etadi, deb hisoblovchi Forobiy ta’limoti SHarqda “vahdat-ul-vujud” nomi bilan ma’lum bo‘lgan panteistik ta’limotga asos soldi. Forobiy ko‘rsatishicha, “birinchi sabab, mohiyat – butun real dunyodir. CHunki har bir buyum o‘zining borlig‘ini amalda birinchi sababning borlig‘idan oladi. Materiya o‘z sababiga, ya’ni xudoga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga egadir. Demak, xudo – materiya mavjudligi uchungina birinchi sababdir. Materiyasiz, ya’ni oqibatsiz xudo – sabab mavjud ham bo‘lishi mumkin emas.
Hozirgi zamon falsafasida sinergetika rivaojlanishning evolyusiyaviy tamoyilini asos qilib oladi. Evolyusion rivojlanish borliqning umumiy qonuni bo‘lib, o‘z-o‘zidan tashkillashuv, o‘z-o‘zini boshqarish, tartibsizlikdan tartiblanish asosidagi murakkab jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Sinergetikada beqarorlik va xaos (tartibsizlik) kategoriyalarining o‘zaro munosabati alohida tahlil qilinadi. Unga ko‘ra, har qanday eski tuzilma yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastavval beqarorlik, xaos yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur etadi. Bu nuqtadagi holatning o‘zgarishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rivojlanish jarayoniga xos tartiblilik va tirtibsizlikdan tartiblanish jarayonlari falsafada qonun tushunchasi orqali ifodalanadi. Olamda narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishi ularning o‘zaro aloqadorligi va bog‘lanishlari asosida sodir bo‘ladi. Rivojlanish va o‘zaro aloqadorlik qonunlarda namoyon bo‘ladi.
Olam rivojlanishining, tabiat va jamiyatning har qanday qonuni uchta muhim tomoni bilan xarakterlanadi: 1) Qonun ob’ektiv asosga ega bo‘lib u olamdagi turli xil narsa va hodisalar, voqea va jarayonlar o‘rtasidagi muhim, zaruriy, umumiy va nisbiy barqaror (doimiy) aloqadorliklarni ifodalaydi; 2) Qonun xususiy xarakterga ega bo‘lib voqealar rivojlanishining qat’iy natijasini, muayyan yo‘nalishini belgilab beradi; 3) Qonun ma’lum bir shart-sharoitlarda namoyon bo‘ladi, narsa va hodisalarning mavjudligi hamda rivojlanishi uchun majburiy, zaruriy hisoblanadi.
SHularni hisobga olgan holda qonunga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojlanishining xarakteri va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlari, o‘zaro aloqadorliklaridir.
Rivojlanish esa bu - progress2 tomon o‘zgarishdir. Rivojlanish, aslida shunday o‘zgarishki, bunda muayyan yunalishdagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o‘rnini olib, eski narsa va hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa va hodisalar oladi. O‘zgarish esa rivojlanishdan shu bilan farq qiladiki, u o‘z ichiga regress3larni ham oladi.

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling