6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot


- mashq. Quyidagi berilgan buyruq fe‟l shakllariga orttirma nisbat  yasovchi –dir, -tir


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1193709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-amaliy

41- mashq. Quyidagi berilgan buyruq fe‟l shakllariga orttirma nisbat 
yasovchi –dir, -tir qo„shimchalaridan mosini qo„yib ko„chiring va so„zlarni kirill 
yozuvi asosidagi alifboda qayta yozing. 
Adash, aralash, baqir, bez, ber, berkit, bil, bor, buk, bur, bo„l, gapir, yoz, 
yop, kel, ich, kuchay, ko„r, to„l, tut, top, tort, chaqir, chiz, chert, shodlan. 
42- mashq.Taqlidiy so„zlardan –illa qo„shimchasi yordamida fe‟l 
yasang.Yasalgan fe‟llarni kirill yozuvi asosidagi alifboda qayta yozib chiqing. 
Ularning imlodagi farqlarini tahlil qilib bering. 
 
 
Qo‘shma so‘zlarning imlosi 
 
 I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, 
mijoz, sifat, talab kabi so„zlardan biri qatnashgan qo„shma ot va qo„shma sifatlar: 
ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, 
xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, 
devsifat, izzattalab kabi. 
2. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo„shimchasi bilan tugaydigan 
qo„shma ot va qo„shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar
tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 


3. O„xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo„shma otlar va qo„shma sifatlar: 
karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi. 
4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo„shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, 
achchiqtosh, mingoyoq kabi. 
5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo„shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, 
suvilon, qashqargul kabi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling