Lotin yozuvi asosidagi imloga ko„ra birinchi qismi chiqish kelishigida,
ikkinchi qismi jo„nalish kelishigida bo„lgan
kundan kunga,
yildan yilga kabilar
shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi
ko‘pdan ko‘p,
ochdan och kabi
birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo„yilgan.
Qiyoslang:
Yildan-yilga - yildan yilga
Kundan-kunga
- kundan kunga
Naridan-beri - naridan beri
To‟g‟ridan-to‟g‟ri - to‟g‟ridan to‟g‟ri
Ko‟pdan-ko‟p - ko‟pdan ko‟p
Tekindan-tekin
- tekindan tekin
Yangidan-yangi - yangidan yangi
Ochiqdan-ochiq
- ochiqdan ochiq
3. Amaldagi imlo qoidalariga ko„ra yil va oylarni (chislolarni) ko„rsatuvchi
arabcha raqamdan so„ng chiziqcha qo„yilmaydi: 2003 yil, 1 sentyabr kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko„ra bunday o„rinlarda chiziqcha qo„yib
yozish belgilab qo„yilgan.
Qiyoslang:
2003 yilning 9 sentyabri -- 2003 –yilning 9 –sentabri kabi.
4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi:
qop-qora, yam-yashil,
yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
5. Rus tilidan aynan o„zlashgan yoki kal‟ka usulida o„zlashgan so„zlar
asliga
muvofiq chiziqcha bilan yoziladi:
injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-
soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.
III. Ajratib yozish.
1. Qo„shma fe‟lning qismlari ajratib yoziladi:
imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo
qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.
2. Belgining ortiq
yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, nim, liq, jiqqa,
langkabi so„zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so„zlar ajratib yoziladi:
och qizil,
to‘q qizil, tim qora, nim pushti, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: