6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot


Biror maqsad, ish uchun mo„ljallangan narsani bildiruvchi qo„shma otlar:  kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.  7


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1193709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-amaliy

6. Biror maqsad, ish uchun mo„ljallangan narsani bildiruvchi qo„shma otlar: 
kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi. 
7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so„zga aylanishi bilan Yuzaga 
keluvchi qo„shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi. 
8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so„zi bo„lgan joy nomlari: 
Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod 
kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo„lgan joy nomlari ajratib yoziladi: 
O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi. 
9. Rus tilidan aynan o„zlashgan yoki kal‟ka usulida hosil qilingan qo„shma 
so„zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, 
yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.
10. Qisqartma otlar qo„shib yoziladi: O„zMU (O„zbekiston Milliy Universiteti), 
O„zXDP (O„zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi. 
II. Chiziqcha bilan yozish. 
1. Juft va takror so„zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, 
asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, 
chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi. 
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko‟ra agarda juft so„z qismlari –u (yu) 
bog„lovchisi yordamida bog„lansa chiziqcha qo„shilmaydi: katta-kichik = kattayu 
kichik, el-yurt = elu yurt, or-nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz 
= kechayu kunduz kabi. 
Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o„zgartirish kiritilgan, ya‟ni 
juft so„z qismlari orasida –u (-yu) bog„lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha 
qo„yiladi va juft so„z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo„yilgan.
Qiyoslang:
Kattayu kichik - katta-yu kichik 
Tunu kun - tun-u kun 
Elu yurt - el-u yurt kabi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling