6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
Tarixiy–an’anaviy prinsip
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etimologik yoki grafik prinsip .
Tarixiy–an’anaviy prinsip. Bu prinsipga ko„ra so„z va uning qismlari tarixda qanday
yozib kelingan bo„lsa, hozir ham shunday yoziladi. So„zlarning tarixiy an‟anaviy printsipda yozilishidan ko„proq uslubiy maqsadlarda foydalaniladi: kelgin||kelgil, kelar||kelur, kelarmi||kelarmu, u||ul, bilan||ila kabi. Etimologik yoki grafik prinsip. Bu prinsipga ko„ra o„zlashma so„zlar qaysi xalqning tilidan yoki grafiksidan olingan bo„lsa, o„sha qadimgi etimologik yoki grafik holatni saqlagan holda yoziladi: ma’no, she’r, a’lo, muammo, mojaro, fabrika, aeroport, stansiya, telegramma, fotoelement kabi. O‘ZBEK ADABIY TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI Unli fonemalarni ifodalovchi harflar imlosi. Aa harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) old qator keng unlini ifodalash uchun: aka, ona, fan, mana, qalam, paxta kabi; b) ba‟zi so„zlarning tarkibida o ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: bahor>bohor, zamon>zomon, savol>sovol, gavda>govda, navqiron>novqiron, mart>mort, zal>zol kabi; d)ba‟zi so„zlarning tarkibida i ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: muomala>muomila, muhokama>muhokima, munosabat>munosibat kabi. Oo harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) orqa qator keng unlini ifodalash uchun: oila, ona, ota, non, bahor, ma’no, oftob kabi; b) o„zlashma so„zlarda: o‘ ga yaqinroq: boks>bo‘ks, tonna>to‘nna, poezd>po‘ezd, opera>o‘pera kabi; a ga yaqinroq: agronom>agranom, gorizont>garizont, doklad>daklat; i ga yaqinroq: traktor>traktir, direktor>direktir, rektor>rektir kabi talaffuz qilinsada o harfi yoziladi. Ii harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) qisqa va old qator unlini ifodalash uchun: bilim, bilan, bir, biron, til kabi; b) urg„uli bo„g„inlardagi cho„ziq i unlisini ifodalash uchun: lirika, Navoiy, tarixiy kabi; d) q, x, g„ tovushlari bilan yonma-yon kelganda qisqa va qattiqroq aytiladigan i unlisini ifodalash uchun: qizil, qishloq, g„isht, xirmon kabi; e) rus tili orqali o„zlashgan so„zlarda ы fonemasini ifodalash uchun: vistavka, posilka, vishka kabi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling