6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Men, sen
- Qo‘shma so‘zlarning imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 1.
Qiyoslang:
Kirill yozuvi asosida Lotin yozuvi asosida Asli yozilishi asli yozilishi барк+га тег+ган эк+гани туг+гунча тоғ+га боғ+га чўғ+га ѐқ +гунча соғ+гани баркка теккан эккани туккунча тоққа боққа чўққа ѐққунча соққани barg+ga teg+gan eg+gani tug+guncha tog„+ga bog„+ga cho„g„+ga yog„+guncha sog„+gani bargga teggan eggani tugguncha tog„ga bog„ga cho„g„ga yog„guncha sog„gani Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko„p bo„g„inli so„zlarga egalik qo„shimchasi qo„shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi. Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba‟zi bir bo„g„inli hamda ko„p bo„g„inli so„zlarga egalik qo„shimchalari qo„shilganda ham yuqoridagi kabi o„zgarish bo„lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi. Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo„shimchalari qo„shilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi. U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo„shimchalari qo„shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi. Fe‟lning orttirma nisbat qo„shimchasi –dir qo„yidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so„zlarga qo„shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo„g„inli so„zlarga qo„shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so„zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko„p bo„g„inli so„zlarga qo„shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq, sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi. Qo‘shma so‘zlarning imlosi I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so„zlardan biri qatnashgan qo„shma ot va qo„shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi. 2. Ikkinchi qismi -ar (inkor shakli -mas) qo„shimchasi bilan tugaydigan qo„shma ot va qo„shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 3. O„xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo„shma otlar va qo„shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi. 4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo„shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. 5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo„shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling