6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi


Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana13.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1193773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-maruza

3. Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘shaso„zlari yonida kelgan so„zdan 
ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, g‘ayri tabiiy, bir qancha, bir yo‘la, 
bir oz, qay kuni, u erga, bu yoqdan, shu erdan, o‘sha yoqqa kabi. 
Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon (beri)so„zlari qo„shib yoziladi. 
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko„ra biroz so„zining ham qo„shib yozilishi belgilab 
qo„yilgan. 
 Qay so‘zi yer, yoq, yon so„zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so„zlar 
qo„shib yoziladi: 
Qiyoslang: qay yerda – qayerda, qay yoqqa – qayoqqa, qay yondan – qayondan kabi. 
Qaybir, qayvaqt so„zlari ham qo„shib yoziladi. 
4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi. 
5. Kirillcha yozuv asosidagi imlo qoidalariga ko„ra шер юрак, муз ёрар, иш ёқмас, қўл 
ёзмаso„zlari ajratib yoziladi deb belgilab qo„yilgan. Lekin amaldagi lug„atlarda turlicha yozib 
kelingan. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra bu so„zlarning qo„shib yozilishi qat‟i 
belgilab qo„yildi: muzyorar, sheryurak, devyurak, ishyoqmas, qo‘lyozma kabi. 
6. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimayi hol, nuqtayi nazar, oynayi jahon, dardi 
bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so„zlarga i shaklida , 
unli bilan tugagan so„zlarga yi shaklida qo„shilishi belgilab qo„yildi. 
Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi. 
Bo‘g‘in ko‘chirilishi 
Orfografiya qoidalariga ko„ra bir qatorga sig„may qolgan so„zning qismi ikkinchi qatorga 
quyidagicha ko„chiriladi: 
1. So„z qismlarga bo„g„inidan ajratib ko„chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-il kabi. 
2. Bir unlidangina iborat bo„lgan bo„g„in oldingi satrda qoldirilmaydi. Shuningdek, keyingi 
satrga ham bir unlidan iborat bo„lgan bo„g„in ko„chirilmaydi: o-naning emas, ona-ning, jamo-a 
emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling