6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi


Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko„chiriladi. Misollarni har ikki  yozuv asosida qiyoslang


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana13.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1193773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-maruza

3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko„chiriladi. Misollarni har ikki 
yozuv asosida qiyoslangKґ-ngil, tong-gi, si-ngil; pome-shchik, me-shchan; ma-shaqqat, ke-chuv, 
kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-shchan kabi. 
4. Kirill yozuvidagi imloga ko„raayirish, yumshatish belgilari oldingi bo„g„in bilan qatorda 
qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslangsur’-at – sur’-at, sul-fat - sul-fat, raz’-
yezd - raz-yezd, ma’-ruza - ma’ruza kabi. 
5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko„p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo„lib 
ko„chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi. 
6. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko„chirilmaydi: I. O. Sultonov, A. B. 
Ahmedov kabi. 
Bosh harflar imlosi 
Orfografiya qoidalariga ko„ra bosh harflar quyidagi o„rinlarda qo„llanadi: 
1. Abzas, gap, she‟rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi. 
2. Atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi: Alisher Navoiy, G‘afur G‘ulom, Toshkent, 
O‘zbekiston kabi
3. Planeta va yulduzlarning nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Yer,Quyosh, Oy, Mars, 
Hulkar kabi. Ammo Yer, Quyosh, Oy so„zlari planeta ma‟nosidan boshqa ma‟nolarda kelganda 
kichik harf bilan boshlanadi. Qiyoslang: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; 
O‘amma bir yerga to‘planib, kelasi oyning rejasini tuzib oldik
4. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarning, xalqaro tashkilotlarning 
nomlaridagi har bir so„z bosh harf bilan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Raisi kabi. 


5. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning nomi tarkibidagi birinchi so„z bosh 
harf bilan boshlanadi: Madaniyat fazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, 
Til va adabiyot instituti kabi. 
6. Madaniy- maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san‟at asarlariga, sanoat va oziq- 
ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshoatlariga qo„yilgan nomlar 
bosh harflar bilan boshlanadi: «Saodat» drammasi, «Navruz» xayriya jamg‘armasi, «Toshkent» 
mehmonxonsi, «Qutlug‘ qon» romani, «Paxtakor» stadioni, «Dilorom» operasi kabi. 
7. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so„z bosh har bilan 
boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramozon hayiti, Navro‘z bayrami kabi. 
8. Davlatning oliy darajali mukkofotlari nomi tarkibidagi har bir so„z bosh harf bilan 
boshlanadi: «O‘zbekiston Qahramoni» (unvon), «Oltin Yulduz» (medal). 
Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so„zgina bosh harf 
bilan boshlanadi: «Sog„lom avlod uchun» (orden), «O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan 
arbobi» (faxriy unvon), «Matbaa aloqachisi» (nishon) kabi.  

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling