6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z qismlarining imlosi
- -illa qo„shimchasi tarkibida v yoki u
- -illa
Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi 1. Bb harfining imlosi: a) ba‟zi so„zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba‟zi so„zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi. 2. Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg„aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi; 3. Nn harfining imlosi: a) so„z o„rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so„z o„rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi. 4. Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o„rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo„g„iz undoshi o„rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi. So‘z qismlarining imlosi So„zning o„zak qismiga turli so„z yasovchi yoki shakl yasovchi qo„shimchalar qo„shilishi bilan ularda turlicha o„zgarishlar sodir bo„ladi. Talaffuzdagi bunday o„zgarishlar imloda ham o„z aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q> so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi. So„z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o„rtasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur. Amaldagi imloga ko„ra taqlidiy so„zlardan fe‟l yasovchi -illa qo„shimchasi asliga ko„ra yoziladi: sharillamoі shaіillamoі, іarsillamoі, shovillamoі, guvillamoі, Іuvillamoі, gurillamoі, varillamoі, chiyillamoі kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko„ra esa taqlidiy so„zlardan fe‟l yasovchi -illa qo„shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo„lgan so„zlarga qo„shilganda asliga ko„ra emas, aytilishiga ko„ra -ulla shaklida yozilishi belgilab qo„yildi. Qiyoslang:zuvillamoq – zuvullamoq, shovillamoq - shovullamoq, guvillamoq - guvullamoq, g‘urillamoq - g‘urullamoq kabi. Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko„ra -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq kabi. Ammo g bilan tugagan ba‟zi o„zlashma so„zlarda o„zgarish bo„lmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari bilan tugagan so„zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo„shimchalari qo„shilganda aytilishiga mos holda emas asliga ko„ra yozilishi belgilab qo„yildi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling