6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik prinsip
- Fonematik prinsip
- Morfologik prinsip
ORFOGRAFIYA
Adabiy nutqning og„zaki va yozma shakllari mavjud bo„lib, ular ma‟lum qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og„zaki shaklida talaffuz me‟yorlariga (orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me‟yorlarga (orfografiyaga) amal qilinadi. Orfografiya grekcha orphos va grapho so„zlaridan tarkib topgan bo„lib, «to„g„ri yozaman» degan ma‟noni bildiradi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo„lib, so„zlarni to„g„ri yozish, so„zlarning o„zak va negizlarini, qo„shimchalarini, qo„shma so„zlarning qo„shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so„zlarning yozilishini, bosh harflarning yozilishini, bo„g„in ko„chirilishini adabiy talaffuz me‟yoriga moslab, qoidalashtirib beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma‟lum qonun qoidalar asosida turg„un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo„yidagi prinsiplari mavjud: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik pginsip, tarixiy an‟anaviy prinsip, etimologik yoki grafik prinsip. Fonetik prinsip. Bu prinsipga ko„ra so„z yoki uning tarkibiy qismlari qanday talaffuz qilinsa, shunday yoziladi: 1) ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka, qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2) og‘iz+im>og‘zim, o‘g‘il+im>o‘g‘lim, burun+i>burni kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 4)so‘ra+q>so‘roq, qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, etti+ov>ettov kabi; 6) qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) ulug‘+ay>ulg‘ay, sariq+a>sarg‘ay kabi. Fonematik prinsip. Bu prinsipga ko„ra harflar so„z tarkibidagi tovushlar talaffuziga emas, balki fonemalarga moslab yoziladi, ya‟ni yozuvda so„z tarkibidagi fonemaning talaffuzi emas, asli hisobga olinadi: obod>obot, ozod>ozot, mazkur>maskur, fan>pan, fasl>pasl, fabrika>pabrika, harf>harp kabi. Morfologik prinsip. Bu prinsipga ko„ra so„z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat‟i nazar asliga ko„ra yoziladi: ayt+di>aytti, ket+di>ketti, borib+di>boripti, chop+di>chopti, ish+ga>ishka, ket+gan>ketkan, ket+guncha>ketkuncha, zavod+dan>zavottan, ko‘p+dan>ko‘ptan kabi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling