6 mavzu. Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat soxasi sifatida. Reja


Download 63.42 Kb.
bet7/8
Sana15.08.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1667181
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 MAVZU

GLOSSARIY
Axloq (lotincha «moralis» - hulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shahs hatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan hulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Axloqiy ong – shahga ahloqiy me’yorlar va hulq-atvor qoidalari to’g’risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda ahloqiy ong, ahloqiy faoliyat ko’nikmalari va ahloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shahsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga hizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat – shahs ongiga ilmiy bilim, ahloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Nafosat madaniyati - go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, ahloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling