3.O‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda
multimedia
, elektron
materiallar va elektron resurslardan foydalanish
.
Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab
uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish
madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamonaviy xususiyatlar ta’sirida
axborot va kitobxon madaniyati tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin
ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan
dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi.
Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur
axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun
kerak
axborotni
tanlab
olish,
uni
qayta
ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta'lim
va tarbiya tizimida kishilami, ayniqsa, bolalarni kelgusida axborotlashgan
jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash muammosi turibdi. Buning uchun
maktab o‘qituvchilarini va kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish
zaruriyati
tug‘iladi.
Axborot madaniyati — axborotni qidirish, axborot resurslari
(matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish,
topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va
mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni
bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur:
— Men nima qilishim kerak?
— Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
— Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborot u chun aniq resurs
Do'stlaringiz bilan baham: |