6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Download 60.56 Kb.
bet7/9
Sana18.11.2023
Hajmi60.56 Kb.
#1783816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqti-fayllar.org

Sanoat-ishlab chiqarish zonalari: 
■ari:
a«nuqtali»
1 — 2
gacha
Yo’q
Bojxona
imtiyozlari
Braziliya, Meksika, Puerto-
Riko, Filippin, Karib havzasi
b) sanoat park-
lari
0,1 - 0,5
1 20
Majburiy emas
Bojxona
imtiyozlari
Janubi-Sharqiy Osiyo,
Meksika
Savdo-ishlab
chiqarish
1 -4
Majburiy
Bojxona
imtiyozlari
AQSh



Kichik biznes


zonalari
0,01 - 3
Yo’q
Moliyaviy,
soliq im-
tiyozlari
Hindiston, Yaqin Sharq,
Argentina, Frantsiya
Ilmiy-texnologik
(ilmiy-ishlab
chiqarish)
2-20
Majburiy emas
Soliq
imtiyozlari
Janubi-Sharqiy Osiyoning
yangi industrial mamla-katlari
Offshor moliya
markazlari
0,05-0,1
Yo’q
Soliq im-
tiyozlari
Karib havzasi, Gonkong,
Singapur
Kompleks: 
a) maxsus
iqtisodiy
16 - 330
Majburiy
Soliq,
bojxona,
moliya
Xitoy
b) “Maxsus”
zonasiga o’x-
shash alohida
rejimga ega
hududlar
80 dan
yuqori
Hudud qismlari
uchun
majburiy
Soliq,
bojxona,
moliya
Braziliya («Manaus»),
Argentina («Olovli er»)
v) alohida iq-
tisodiy zonalar
Ma’muriy-
hududiy
tuzilmalar
doirasida
(shahar, tu-
man)
Alohida zonada
joylashgan
kichik (lokal)
hududlar uchui
majburiy
Soliq,
bojxona,
moliya
Rossiya (Kaliningrad viloyati)
*Ma’muriy imtiyozlar barcha turdagi zonalar uchun bazaviy hisoblanadi. 
MIZda asosan bojxona, soliq va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq imtiyozlar
qo’llaniladi. MIZ hajmi jihatdan o’rtacha 0,01 kv. km. dan 330 kv. km. gacha
bo’lgan hududlarni qamrab olishi mumkin.
MIZlar faoliyat yuritayotgan 123 ta mamlakatlar orasida eng ko’pi AQShga
to’g’ri keladi. AQShda MIZlarning soni 240 tadan oshadi
15
. AQShda MIZlar 1930
yillarda tashkil qilina boshlagan. U «Tashqi savdo hududlari to’g’risida»gi (1934 y.)
Qonun bilan birgalikda, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va ishsizlik
darajasini pasaytirish maqsadida tashkil qilingan.
MIZlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada va mintaqaning
boshqa mamlakatlarida ham MIZlar tashkil qilingan bo’lib, ular muvaffaqiyat bilan
faoliyat yuritayapti. U yerda, ko’proq, turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy
parklar va ofshor markazlari tarqalgan.
Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda
MIZlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni
15
http://ivr.nm.ru/2001/rus/p0107/p010703.htm Е.Неклюдова. СЭЗ.



kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Evropa


mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari
tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan.
Rossiyada MIZlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o’rtalariga kelib tashkil qilina
boshlandi. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha MIZlar ham vaqt o’tishi bilan
tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (MIZga) nisbatan mamlakat siyosatining
munosabati ham ta’sir ko’rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan
Primorya o’lkasining «Naxodka» MIZ va Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy
hududlarni aytish mumkin.
Shunday qilib, dunyodagi MIZlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda, ularni
tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o’zgarib
bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks
hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo’jalik faoliyati mohiyati tovar
ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko’rsatishning oddiy
turlaridan ilmiy darajada murakkab bo’lgan turlariga o’zgarib boradi.
Yuqoridagilarga muvofiq, shuni xulosa qilish mumkinki, MIZlar milliy
iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.
MIZni tashkil qilish, uning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot
tamoyillarini amalga oshiruvchi muhim bo’g’in sifatida qaraladi. MIZda iqtisodiyot
tashqi dunyo bilan yuqori darajada aloqada bo’lish imkoniga ega, bojxona, soliq va
investitsiya rejimlari ichki hamda tashqi investitsiyalar uchun ijobiydir.
Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb
muammoga ega bo’lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni
amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi.
O’z hududida MIZni tashkil qilayotgan davlat uchun, MIZlar pirovard maqsad
hisoblanmaydi. Ko’pgina hollarda, MIZlar mamlakat milliy iqtisodiyoti
rivojlanishining umumiy strategiyasiga qo’shilib ketadi. MIZni tashkil qilishdan
umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo’lgan makroiqtisodiy masalalarning
echimiga qaratilgan bo’ladi. Xususan:
– iqtisodiy o’sish darajasini tezlashtirish;



– sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish;


– ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to’yintirish.
Biroq, bu maqsadlarga to’g’ridan-to’g’ri erishish har doim ham amalga
oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko’rsatishicha, MIZlar bu masalani, xalqaro bozorga
mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishining ko’payishi
hisobiga hal qilish imkonini beradi. Huddi mana shu vaqtning o’zida MIZlar, qabul
qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga
xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va
xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda
marketing tizimida etakchi malakaga ega bo’lish imkonini beradi, zamonaviy
infratuzilmani yaratadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday MIZ doimiy rivojlanishda bo’ladi.
Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u
rivojlanishning yuqori bosqichida bo’ladi, bu, o’z navbatida, MIZ oldida turgan
maqsadlarning o’zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi.
MIZ maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasiga, xalq xo’jaligining strategik rejasiga va boshqalarga bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun ham MIZni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida
hollarda bir-biridan farqlanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan maqsad va sabablardan tashqari, MIZni tashkil qilishda
yana uch asosiy masalaga e’tibor qaratiladi:
– ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijada valyuta kirib kelishini
ta’minlash;
– ish bilan bandlik ko’rsatkichini oshirish;
– hududni xo’jalikda yangi usul va texnologiyalarni qo’llash bo’yicha
poligonga aylantirish va milliy xo’jalikning o’sishiga erishish.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida MIZlarni tuzish maqsadlari, ko’p jihatdan,
rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o’xshashdir. Masalan, Rossiyada MIZlarning
tuzilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
– mamlakat iqtisodiyotiga xorij kapitalini jalb etish;



– tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish;


– eksport saloxiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko’paytirish;
ham xorij, ham milliy ilmiy echimlarni va «nou-xau»larni joriy qilish
hisobiga ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal tatbiq etishni ta’minlash;
– hudud miqyosida yangi xo’jalik yuritish usullarini sinab ko’rish.
MIZlarning tuzilishi, faoliyat yuritishi va rivojlantirilishining huquqiy asosi bu
huquqiy aktlar bo’lib, ularda quyidagilar aniqlanadi: hududning maqsadi, vazifalari
va boshqarish tartibi; xorij va milliy kapitalga beriladigan turli imtiyozlar; xorijiy
investitsiyalarni boshqarish; tashqi savdo va bojxona; oltin valyuta zaxiralari
boshqaruvi va kreditlar; arbitraj va da’volarning ko’rilish tartibi.


Download 60.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling