6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


 Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsiyalarni jalb etishdagi


Download 60.56 Kb.
bet8/9
Sana18.11.2023
Hajmi60.56 Kb.
#1783816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqti-fayllar.org

6.4. Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsiyalarni jalb etishdagi 
ahamiyati. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularga jalb etilgan 
investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag‘batlarning qo’llanilishi. 
MIZni rivojlanishining muhim sharti bu investorlar uchun bo’lgan
imtiyozlardir. Chunki ular kapital qo’yishdan avval ularga berilayotgan imtiyozlarni
obdon sinchkovlik bilan o’rganadilar. Bu o’rinda soliq imtiyozlari muhim o’rin
tutadi. Soliq imtiyozlari – eng keng tarqalgan usul bo’lib, u kapitalning jamlanishiga,
ishlab chiqarishning zamonaviy sohalarining rivojlanishiga, milliy iqtisodiyotda
progressiv o’zgarishlarga erishishga yordam beradi. Davlat soliq imtiyozlari berish
orqali ham mahalliy, ham xorij kapitali investitsiyasini rag’batlantiradi. Bunda yangi
qayta ishlash sohalari, qoloq va olis hududlar, yangi texnika va texnologiyalarning
qo’llanilishi, sermashaqat va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni
rivojlantirish ta’minlanadi. Lekin, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, MIZlar uchun
beriladigan imtiyozlar tizimi natijasida davlat zarar ko’rmaydi. Aksincha, bu ilmiy-
texnik salohiyatni o’stirish, yangi boshqaruv usullarini va tadbirkorlik shakllarni
joriy etish, xizmat ko’rsatishning jahon standartlariga o’tish uchun to’lanadigan
haqdir.
Har bir mamlakat yoki uning u yoki bu hududi MIZlar tashkil etish jarayonida
o’zining imtiyoz va rag’batlantiruvchi omillarini tanlaydi. Tajribalar ko’rsatishicha,



hududlarda o’rnatiladigan imtiyozlar tizimi turlicha bo’lib, uning hududida amalga


oshirilayotgan dastur va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga, turli xildagi
MIZlarning umumiy sifatlari mavjuddir: anchayin qulay investitsiya sharoitlari,
tashqi savdo, soliq, moliya va boshqaruv imtiyozlari.
Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda, MIZlar hududi o’lcham jihatdan
turlicha bo’lishi mumkin – 1,5 km
2
dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln km
2
gacha (Manaus, Braziliya). Ayrim hollarda, MIZlarni hali ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilma hamda rivojlangan sanoatga ega bo’lmagan yangi xo’jalik
hududlarida tashkil etish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. MIZlarni yangi xo’jalik
o’zlashtirish hududlarida tashkil etish uzoq muddatli muhim davlat dasturlarini
amalga oshirish imkoniyatini beradi (mineral xom ashyo bazasini mustahkamlash,
mashinasozlik kompleksini yaratish va h.k.). Mana shunday hududiy siyosatni
Argentina, Braziliya, Indoneziya, Xitoy, Meksika, Chili va boshqa mamlakatlar olib
bormoqda.
Har xil mamlakat hududidagi imtiyozlar va rag’balantirish omillari bir-biridan
farqlanadi, ammo, ular mohiyatan bir-biriga o’xshaydi. MIZni tashkil qilish
natijasida paydo bo’lgan tajriba shuni ko’rsatadiki, ularning har biri uchun o’ziga
mos keluvchi imtiyozlar va rag’batlantiruvchi omillar mavjud. Iqtisodiy
adabiyotlarda imtiyozlarni to’rtta asosiy guruhga bo’lib ko’rsatishadi:
1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo’lib, MIZ maydonida maxsus bojxona
tartibini (eksport-import bojini kamaytirish yoki yo’q qilish) joriy etish va tashqi
savdo operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini qo’llash.
2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yo’nalishdagi faoliyati va aniq
belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog’liq soliq rag’batlantiruvi me’yorlarini
o’z ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta’tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS
solig’ini to’lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko’chmas
mulk, mulk soliqlari, xorijlik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar,
foydani xorijga o’tkazishga to’lanadigan soliqlardan to’la yoki qisman ozod
etilishini o’z ichiga oladi. Ayrim hollarda, xorijiy investorlar uchun boshqa
imtiyozlar ham ko’zda tutiladi, masalan, investitsiya ssudalari va investitsiya



dotatsiyalari. Investitsiya ssudalari asosiy fondlarga nisbatan daromad solig’idan


qo’shimcha chegirmalar (10-50 %)dan iborat bo’lib, imtiyozli davr tugagandan
keyin tatbiq qilinadi. Investitsiya dotatsiyasi yangi investorlarga qaytarib olmaslik
sharti bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo’yilmalar
hajmiga bog’liq bo’lib, odatda, moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past
rentabelli korxonalarga beriladi.
3. Moliyaviy imtiyozlar o’z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi.
Masalan, kommunal xizmatlarga pastroq tariflar, er uchastkalari va ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo.
Bundan tashqari, ko’pgina MIZlar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan
mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas, balki, xorijliklarga erkin
sotilishi ham qo’llaniladi. Xorijliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy
qiziqishining namunasi sifatida qabul qilinadi. Bu xorij investorlari uchun muhim
imtiyoz sifatida qaraladi.
4. Ma’muriy imtiyozlar hududi ma’muriyati tomonidan korxonalarni
ro’yxatdan o’tkazish, xorij fuqarolarining kirib-chiqish tartibini soddalashtirish va
korxonalarga turli xil xizmatlarni ko’rsatish maqsadida berildi. Maxsus iqtisodiy
hududlar tuzilgan ko’pchilik mamlakatlarda investorlarga «bir joyda» yoki «24 soat
mobaynida» xizmat ko’rsatish turlari joriy etilgan bo’lib, bunda ruxsatnoma va
litsenziyalar berish masalalari bir joyning o’zida tez hal qilinadi. Yuqorida
ko’rsatilgan imtiyozlar u yoki bu MIZning faoliyat sharoitlaridan kelib chiqqan
holda turli kombinatsiyalarda qo’llaniladi. Shu bilan birga, har bir tur hududga mos
keluvchi imtiyoz va rag’batlarning standart jamlamasi ham mavjud.
MIZlarda qo’llaniladigan imtiyozlar har doim ham mamlakatga xorij
investitsiyalarini kiritishni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’lib xizmat qilmaydi.
Unga nisbatan muhimroq omillar bo’lib, siyosiy barqarorlik, investitsiya kafolatlari,
infratuzilma sifati, ishchi kuchining malakasi, ma’muriy jarayonlarning soddaligi va
boshqalar xizmat qiladi. Shu bilan birga, boshqa barcha sharoitlar teng bo’lganda
birinchi o’ringa taklif etilayotgan imtiyozlar va rag’batlar chiqadi.





Download 60.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling