6-mavzu. Ishlab chiqarish va xarajatlar. Reja


Download 216.39 Kb.
bet9/9
Sana06.05.2023
Hajmi216.39 Kb.
#1436497
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. TAYANCH KONSPEKT

Iqtisodiy foyda – yalpi pul tushumi bilan barcha ichki va tashqi xarajatlarning farqi.
Buxgalteriya foydasi – yalpi pul tushumi bilan tashqi xarajatlarning farqi.
Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir.

Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq tasavvur etish mumkin.

Sizning korxonangiz faoliyati moliyaviy natijalarini baholash uchun foyda olishning o‘zi etarli emas. Chunki olingan foyda hajmi korxona faoliyati ko‘lami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Shunga ko‘ra, foyda hajmini uni olish maqsadida amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlariga taqqoslanishi moliyaviy natijani to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Mazkur ko‘rsatkich rentabellik deb ataladi.
Siz o‘z korxonangiz faoliyati rentabelligini hisoblamoqchi bo‘lsangiz, u holda quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin:
,
bu erda: R – rentabellik; Prfoyda hajmi; TC – ishlab chiqarish xarajatlari.
Aytaylik, sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishdan olgan foyda hajmi 24 mln. so‘mni, ishlab chiqarish xarajatlari esa 60 mln. so‘mni tashkil etsa, rentabellik darajasi 40% ((24 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) × 100%) ni tashkil etadi.
Rentabellik ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlariga teskari mutanosibdir. Shu tufayli rentabellik korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga; 2) narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.


Download 216.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling