6-mavzu. Ishlab chiqarish va xarajatlar. Reja


Ishlab chiqarish jarayoni –


Download 216.39 Kb.
bet3/9
Sana06.05.2023
Hajmi216.39 Kb.
#1436497
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. TAYANCH KONSPEKT

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim (2-chizma).
2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi

Ishlab chiqarish





Moddiy ishlab chiqarish

Nomoddiy ishlab chiqarish





Nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish

Nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish

Moddiy xizmatlar ko‘rsatish

Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish


Xizmat ko‘rsatish sohasi

O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo‘ladi.


Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.


2. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:


k = s + v.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma).

Download 216.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling