6-mavzu. Ishlab chiqarish va xarajatlar. Reja


Download 216.39 Kb.
bet8/9
Sana06.05.2023
Hajmi216.39 Kb.
#1436497
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. TAYANCH KONSPEKT

TR = P×Q
Bu yerda:
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tushum);
P (price) – mahsulot narxi;
Q (quantity) – mahsulot miqdori.
Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona daftar ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1000 so‘m. Agar barcha daftarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. Foyda – korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.

Bu yerda:
(profit) – umumiy foyda;
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tushum);
(total costs) – umumiy xarajatlar.
Yuqoridagi misolimizda sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, foydaga erishish uchun pul daromadlari xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki, ayrim holatlarda xarajatlar pul daromadlaridan oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Ushbu holat zarar deb ataladi. Masalan, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun korxona xarajatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi.
Sizning korxonangizning dastlabki moliyaviy natijasi yalpi foyda ko‘rinishida bo‘ladi. Yalpi foyda – bu yalpi daromad yoki tushumdan ishlab chiqarish xarajatlarining farqidir. Biroq, siz hali yalpi foydani to‘liq o‘z ixtiyoringizga ko‘ra ishlata olmaysiz. Buning uchun avvalo korxona yalpi foydasini taqsimlash zarur bo‘ladi.
Birinchi navbatda yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to‘lovlarni amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning er va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi.

O‘z navbatida sof foyda ham taqsimlanadi. Sof foydadan korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.



Oldingi mavzularda ichki va tashqi xarajatlarning o‘zaro farqini ko‘rib chiqqan edik. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasini o‘zaro farqlash lozim.



Download 216.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling