6-mavzu Jаhоn iqtisоdiyotini tаrtibgа sоlishdа хаlqаrо tаshkilоtlаrning rоli va jаhоn хo’jаligining glоbаllаshuv jаrаyonlаridа O’zbekistonning ishtiroki


§ 6.2. Jahon xо‘jaligidagi global tashkilot Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi


Download 19.91 Kb.
bet2/4
Sana26.07.2023
Hajmi19.91 Kb.
#1662719
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu JIXIM

§ 6.2. Jahon xо‘jaligidagi global tashkilot Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi
BMT shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan bо‘lib, uning tarkibida 190 dan ortiq a’zo-mamlakat mavjud. BMT nizomining 1-moddasida tashkilot faoliyatining asosiy maqsadlari ichida, «iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar harakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik qilish» maqsadi ham yetakchi о‘rinda turadi. BMT iqtisodiy sohada asosan quyidagi tо‘rtta yо‘nalish bо‘yicha faoliyat olib boradi:
-global muammolarni hal etish;
-davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga kо‘maklashish;
-mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi uzilishlarni yengib о‘tish;
-hududiy rivojlanishni rag‘batlantirish.


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Hududiy iqtisodiy tashkilotlar
. IHTT ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning moliyaviy yordamidan samarali foydalanish va kо‘hna qit’adagi tiklanish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vorisi hisoblanadi. «Boylar klubi», jahon iqtisodiyotining «aql markazi» deb ataluvchi IHTT hozirgi kunda jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 29 ta mamlakatini о‘z tarkibiga birlashtirgan. Chunonchi, bu tashkilotga a’zo-mamlakatlar hissasiga jahon tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning 2/3 qismi tо‘g‘ri keladi.
IHTTning oliy kengashi bо‘lib, uning tarkibiga har bir a’zo-mamlakatdan bittadan vakil kiradi. Kengash a’zolar oyda bir marta Bosh kotib raisligida uchrashishadi. Bundan tashqari Kengash vazirliklar (tashqi ishlar vazirligi, moliya vaziligi, iqtisodiyot vazirligi kabilar) miqyosda yillik majlislarni ham о‘tkazib turadi. Doimiy asosda ish yurituvchi Ijroiya qо‘mitaning asosiy vazifasi IHTT faoliyatini nazorat qilish va Kengash majlislarini tayyorlashdan iborat. 200 dan ortiq qо‘mitalar, ishchi guruhlari va ekspert komissiyalarini ijtimoiy-iqtisodiy harakterda bо‘lgan keng doiradagi masalalar bilan ham shug‘ullanadi.
Jahonda integratsion jarayonlar – YEI, NAFTA, MERKOSUR, MDH kabilar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lmagan о‘nlab hududiy miqyosdagi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Ularning faoliyat kо‘rsatish mexanizmlarini о‘rganish maqsadida biz G‘arbiy yarim shar va Afrika qit’asidagi muhim ahamiyatga ega bо‘lgan Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) va Afrika Birdamlik Tashkiloti (ABT) tо‘g‘risida batafsil tо‘xtalib о‘tamiz.
Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) 1948 yilda Bogota shahrida (Kolumbiya) о‘tkazilgan Amerika davlatlarining 9-chi xalqaro Anjumanida tashkil etilgan bо‘lib, о‘z tarkibiga 35 davlatni birlashtirgan.
1994 yilda Amerika qit’asidagi 34 mamlakat (Kubadan tashqari) davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvda «taraqqiyot va rivojlanish» maqsadida hamkorlik tamoyillari: demokratiya, erkin savdo va amerikada barqaror rivojlanish tо‘g‘risida dekloratsiya» qabul qilindi. Ushbu anjuman qatnashchilari kelajakda – 2005 yildan sо‘ng Panamerika erkin savdo hududini tashkil etishga qaror qilishdi.
ABT hududiy siyosatiga tavsif berganda, 1991 yilda a’zolar-mamlakatlar tomonidan qabul qilingan Afrika iqtisodiy hamjamiyatini tashkil etish tо‘g‘risidagi bitimni eslatib о‘tish kerak.



Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling