6-mavzu Jаhоn iqtisоdiyotini tаrtibgа sоlishdа хаlqаrо tаshkilоtlаrning rоli va jаhоn хo’jаligining glоbаllаshuv jаrаyonlаridа O’zbekistonning ishtiroki


§ 6.3. Jahon savdo tashkilotining jahon xо‘jaligidagi rivojlanish yо‘nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga ahamiyati


Download 19.91 Kb.
bet3/4
Sana26.07.2023
Hajmi19.91 Kb.
#1662719
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu JIXIM

§ 6.3. Jahon savdo tashkilotining jahon xо‘jaligidagi rivojlanish yо‘nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga ahamiyati
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilning 1 yanvarida tashkil topdi. JST kо‘p tomonlama savdo tizimlarining xuquqiy va institutsional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. JST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bо‘yicha bosh kelishuv (GATT)ning davomchisi hisoblanadi.


JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif uslublari mavjud bо‘lib, ularni qay meyorda va qay kо‘lamda qо‘llanilishi har bir davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy yо‘nalishlari bilan belgilanadi. JST talablariga kо‘ra barcha tashqi savdo operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga solishni maqsadga muvofiq.
JST xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish bо‘yicha Konferensiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSH tarif komissiyasi hamda turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga о‘zgacha yendashuvlari mavjud.
6,4. Jahon xо‘jaligining globallashuv jarayonlarida О‘zbekistonning ishtiroki


О‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari
О‘zbekistonning jahon xо‘jalik aloqalariga qо‘shilish jarayoni obyektiv tuzilmaviy shart-sharoitlar yetilgan va tashqi iqtisodiy aloqalarning xо‘jalik mexanizmi isloh qilina borgan sari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.
Respublika noyob tabiiy boyliklarga, kudratli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, aqliy va ma’naviy salohiyatga ega. Tarixning о‘zi О‘zbekistonning о‘rnini G‘arbni Sharq bilan, Janubni Shimol bilan bog‘laydigan Yevroosiyo yо‘llari chorrahasida belgilagan. Bizning Respublikamiz Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy kо‘prigi bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu kо‘prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar va madaniy qadriyatlarning xarakati va almashuvi uchun yaxshi sharoit yaratilgan.1
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi bо‘yicha gaz kondensati zahiralarining 74 %, neftning 31 %, tabiiy gazning 40 %, kо‘mirning 55 %i О‘zbekiston xissasiga tugri keladi. Tabiiy gaz qazib olish bо‘yicha respublika MDH mamlakatlari ichida uchinchi о‘rinda va dunyodagi bu sohaning kuchli yetakchi 10 mamlakatlari qatorida turadi.
О‘zbekiston Markaziy Osiyoda va MDH doirasida paxta yetishtiruvchi asosiy mamlakat bо‘lib hisoblanadi. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln. tonna paxta tolasi yetishtirsa, uning 1,4 mln. tonnasi о‘zbek tolasidir. О‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bо‘yicha dunyoda turtinchi о‘rinda, uni eksport qilish bо‘yicha esa ikkinchi о‘rinda turadi.
Xozirgi vaqtda О‘zbekiston MDHning bir necha yirik shaharlari va jahonning 20ta davlati:AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Janubiy Koreya, Singapur va boshqa davlatlar bilan bevosita xavo yо‘llari orqali bog‘langan.
О‘zbekistonning xalqaro bozorga mustaqil sur’atda chiqishi va dunyo xо‘jaligiga integratsiyalashuvi sharoitlarida uning boshlang‘ich iqtisodiy salohiyati jahon xо‘jaligiga samarali qо‘shilish istiqbollariga umid qilish imkonini beradi.



Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling