О‘zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari
bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi
Hozirda О‘zbekiston qator obrо‘li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning о‘nlab davlatlari bilan dо‘stona aloqalarini bog‘lagan, yirik bank va moliyaviy organlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar bilan hamkorlikning ta’siri
О‘zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlantirilishi uning jahon xо‘jaligi integratsiyasida samarali ishtirok etishini ta’minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik о‘tish davri muammolarini hal etishni, shuningdek ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor xо‘jaligini shakllantirishni yengillashtiradi. Bu narsa kreditlar olishda, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi.
Mustaqil О‘zbekiston 30 ta obrо‘li iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning tо‘laqonli a’zosi bо‘ldi. Bularning jumlasiga Jahon Banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro Valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom taraqqiyot banki, Butunjahon bojxona tashkiloti, Butunjahon turizm tashkiloti, Paxta bо‘yicha xalqaro konsultativ komiteti va boshqa tashkilotlarga a’zo bо‘ldi. Respublika xozirgi kunda BSTga a’zo bо‘lish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qanday tasniflanadi?
2. BMT va BMT tizimidagi tashkilotlarning jahon xо‘jaligidagi roli qanday?
3. Xalqaro hududiy tashkilotlar va ularning funksional vazifalari nimalardan iborat?
4. JSTga a’zo bо‘lish bosqichlarini xarakterlab bering.
О‘zbekiston Respublikasining jahonning yetakchi mamlakatlari bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarining rivojlanish istiqbollarini tavsiflab bering.
О‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan olib borayotgan aloqalarni xarakterlab bering?
О‘zbekiston Respublikasining Jahon banki guruhi bilan munosabatlarini ochib bering.
О‘zbekiston JSTda qanday maqomga ega?
О‘zbekistonning JSTga a’zo bо‘lish bosqichlarini xarakterlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |