6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja


Download 1.46 Mb.
bet27/51
Sana28.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1135898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (2) (1)

Nazoratsavollar

1. Qanday vosita bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish


qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi?

  1. Didaktik o‘yinchoklarning asosini nima tashkil qiladi?

  2. Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoklarga nimalar kiradi?

27-Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari.


Reja:

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi


2.MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik

3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari.




Tayanch so‘zlar: Tarbiya ,ta’lim,faoliyat,bolalar,yosh,o‘yin,qonun

100
Ta’lim sohasida jumladan uning birinchi pog‘onasi hisoblanmish





maktabgacha

ta’lim

sohasida

ham

katta

o‘zgarishlar

qilinmoqda.

Mustaqillik

yillarida

mamlakatimizda

ta’lim

muassasalari

faoliyatini

meyorlashtiruvchi

«Ta’lim

to‘g‘risida»gi Qonun,«Kadrlar tayyorlash milliy

dasturi», «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizom, «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablari» kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.


Isloh etish jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustivor yo‘ nalishllari qamrab olinmoqda.


Bugungi maktab boJasidan aniq biJimJargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattaJar hamda sinfdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular biJan hamkorlik qilish taJab etiJadi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.


Boiani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kel ish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir.


«O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta’lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta’Jim muassasalariga jalb qilinrnagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi xamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasida yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, uni murakkab bo‘lmagan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.


MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha engillik bilan o‘tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o‘z navbatida maktabda o‘qishning birinchi kunidan boshlab ta’lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.


Zero, maktabgacha ta’ l im muassasasi xodimlari biri nchi sinfda bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarn i shunga muvofiq ravishda ta’ lim olishga tayyorlashlari kerak.


Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi etakchi tomonlari ni ajratib ko‘rsatish mumki n. Bunda


101
quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:


1.Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.


MTM nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, kunikmalar bilan qurollantirish


Bolalarning maktabga ruxiy tayyorligi. Bu erda vazifa bolalar mehnatning har kanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat-bilishga qiziqishni o‘stirishning kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.


MTMsida beriladigan ta’lim rivojlantiruvchi tarzda bo‘lishi kerak.
5.MTMsi bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa o‘rnatish.

Uzviylik MTMsi va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo‘yicha olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTM maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlang‘ich sinf ta’limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallagan xulq-atvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat shakllari, axloqiy xis-tuyg‘u va tasavvurlar maktabning boshlang‘ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ularning ongini, his-tuyg‘ularini tarbiyalash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.


Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq - atvorda birlik bo‘lishini tarbiyalash, o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoachilik xislatlari, sifat jihatdan yangi bo‘lgan xulk, atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o‘z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi his-tuyg‘ular shakllanadi. Sunday yuksak hislar bolalarning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy hislari asosida shakllanadi.


Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo‘yicha izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar, o‘yinga tushadi san’at darsida esa o‘quvchilar chizmachilik va rasm solishni. naqqoshlik rang tasvir, manzarali-amaliy san’at natyuurmortni, portretni bir-biridan farqlashni o‘rganadilar. O‘qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amal iy mashg‘ulotlarda ularning badiiy , ijodiy qobiliyatlari yanada. rfvojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash. mehnat axliga ijobiy munosabat mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda o‘rgatilib bori ladi.


Maktab bilan MTM o‘rtasidagi mehnat tarbiyasi bo‘yicha uzviy bog‘liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini tashkil eta bilishga, axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsi ni har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo‘yicha izchillik asosida olib boriladi.


Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar


102
o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi.


Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida bir qancha o‘zaro bog‘liqlarni ko‘ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai


nazarlarning birligida namoyon bo‘ladi.


Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha MTM dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz. Masalan, MTMsida ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib olinadi.


MTMsida bu ish bolalarning lug‘atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘ langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTMda egallagan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTMda boshlangan bolalar lug‘atini boyitish, nutqning ifodaliligi,


bog‘langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.


MTMda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘ g‘risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘ liqlik to‘ g‘risida bilim va tushunchalar beriladi.


Bunda dasturlar mazmunida birlik o‘rnatishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak.


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar tashkil etadi.





Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling